"Nyukasl" sotiladi. Klubning narxi ham malum
15 apr 2020 01:16
Yangiliklar
"Nyukasl" sotiladi. Klubning narxi ham malum
Klub xo'jayini Mayk Eshli "Nyukasl"ni Saudiya Arabistoni shahzodasi Muhammad bin Salmon boshchiligidagi davlat investiciya fondiga sotish bo'yicha britaniyalik moliyachi Amanda Steyvli boshchiligidagi sarmoyadorlar guruhi bilan kelishuvga erishdi.
Eshli 13 yil davomida egalik qilgan klubning 80% ulushi 300 mln funt evaziga sotiladi.
"The Mirror" xabariga ko'ra, bitim yaqin bir oy ichida imzolanishi mumkin. 14 aprel kuni ro'yxatga olish partiyasiga kerakli hujjatlar topshirilgan.
Malumot uchun, Eshli "Nyukasl"ni 2007 yilda 133 mln funtga sotib olgan va klubni moliyalashtirish uchun 110 million funt qarz ham olgan.
Fikrlar