"Nyukasl" "Bornmut" himoyachisi Kelli uchun 14 million evro to'lashga tayyor
22 mar 2022 11:50
Yangiliklar
"Nyukasl" "Bornmut" himoyachisi Kelli uchun 14 million evro to'lashga tayyor
"Nyukasl" "Bornmut" himoyachisi Lloyd Kelliga 14 million evro miqdorida taklif berdi.
Klub yozda mudofaani kuchaytirmoqchi va Kellini "Bornmut"dagi sobiq bosh murabbiyi Eddi Xau bilan yana birga ishlatmoqchi. Mtuxassis "Bornmut"ni 2008-2011 va 2012-2022 yillar davomida boshqargan.
Kelli Angliya klubida 2019 yildan beri o'ynaydi. Uning shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
23 yoshli himoyachi joriy mavsum "Bornmut" tarkibida CHempionship doirasida 31ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.
Fikrlar