Nozim Mullaoxunov: "Zamonaviy futbolda natija birinchi o'rinda turibdi"
10 apr 2015 12:15
Yangiliklar

Nozim Mullaoxunov: "Zamonaviy futbolda natija birinchi o'rinda turibdi"
"UzDongJu" - "NBU-Osiyo" (1:0) uchrashuvidan mezbonlar ustozi Nozim Mullaoxunov o'z fikrlarini bildirdi.
Nozim Mullaoxunov (UzDongJu bosh murabbiyi): - “Nbu-Osiyo” bizni yaxshi o'rganib chiqqani malum edi. Biz ham o'yin davomida "bankirlar"ga munosib qarshilik ko'rsatishga erishdik deb o'ylayman. SHogirdlarimga hech qanday etirozlarim yo'q. Ular bugun g'alaba uchun astoydil ter to'kishdi. O'yin davomida jarohat olib maydonni tark etgan ikki o'yinchimiz Akmal Jo'raboev va Bekzod G'oziev o'yinimizga tasir qildi deb o'ylayman. Ular keyingi turlarda safga qaytishadi deb umid qilaman.
- Hozirgi kunda zamonaviy futbolda natija birinchi o'rinda turibdi. Biz bugungi o'yinda o'zimiz uchun kerakli natijaga erishdik deb o'ylayman.
- Jamoamiz doimo yuqori marralarni zabt etishni maqsad qiladi. Klubimiz rahbariyati buning uchun bizga etarli sharoitlarni yaratib berishyapti. Biz bunday etibor uchun g'alaba qozonishga harakat qilyapmiz.
Komiljon Ikromov suhbatlashdi.

Fikrlar