Noyer “Bavariya”ni tark etmoqchi emas
28 mar 2020 00:57
Yangiliklar
Noyer “Bavariya”ni tark etmoqchi emas
“Bavariya” posboni Manuel Noyer keyingi faoliyatini o'z yurtidan tashqarida davom ettirmoqchi emas, deya xabar bermoqda Goal.com.
Manba xabariga ko'ra, 34 yoshli darvozabon shartnomasini uzaytirish borasida klub bilan kelisha olmagan taqdirda ham amaldagi shartnomasi yakunlanguniga qadar – 2021 yilning yozigacha Myunxen superklubi safida qoladi.
Noyer jamoaning hozirgi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik bilan yaxshi munosabatda va u myunxenliklar safida ikkinchi bor CHempionlar ligasi bosh sovrinini qo'lga kiritish uchun kurashish niyatida.
Ilgariroq Noyerga “CHelsi” tomonidan qiziqish bo'layotgani haqida xabarlar chiqqandi.
Fikrlar