So’nggi yangiliklar

09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  2 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  2 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  7 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  9 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  34 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2

No'mon Hasanov: "Xorijdan legioner hujumchi gaplashib qo'yganman" Yangiliklar

No'mon Hasanov: "Xorijdan legioner hujumchi gaplashib qo'yganman"

Superliganing 10-turi doirasidagi "Paxtakor" - "Qo'qon-1912" uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumaning ikkinchi qismida qo'qonliklar bosh murabbiyi No'mon Hasanov hamda futbolchi Javohir Sidiqov qatnashdi.

- Bu yildan etiboran chempionatimiz saviyasi ancha oshdi. "Paxtakor"ga qarshi bahsga g'alaba qozonish uchun chiqqandik. Ammo g'alaba uchun bizga nimadir etmay qoldi. Jamoamizga, futbolchilarimizga rahmat aytaman. Ko'rinib turibdi, jamoamiz saviyasi oshib bormoqda. SHuni qayd etish kerakki, "Paxtakor" ham yomon o'ynamadi. O'ylaymanki, Toshkentda "Paxtakor" bilan durang natijasi yomon emas. Yutmoqchi edik, lekin g'alabaga biroz etmay qoldi. "Qo'qon-1912" har bir o'yinga g'alaba uchun chiqadi. Lekin bu futbol.

Hujumchi muammosi? Har bir jamoada bu muammo mavjud. Ikkinchi davrada selekciya ishlari haqida gapirishga hali broz erta. Rejada hujumni kuchaytirish bor. Otaqo'ziev bugun yaxshi o'yin ko'rsatdi deb o'ylayman. To'g'risini aytaman, hujumchi masalasida gaplashib qo'yganman. Ikkinchi davrada xorijdan legioner hujumchi olib kelamiz.

Javohir Sidiqov: "SHiddatli va asabiy o'yin bo'ldi. CHempionat peshqadamiga qarshi o'ynashimizni bilgan holda uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. Ammo optimal o'yinimizni namoyish etish uchun bizga nimadir etishmay qoldi. Agarda murabbiylar ko'rsatmasini 100% to'liq bajarganimizda g'alabani ham ilib ketsak bo'lardi. Umuman olganda "Paxtakor"ga qarshi safardagi durang yomon natija hisoblanmaydi. Lekin yutib ketsak bo'lardi. Maqsadimizni to'liq bajara olmadik. Keyingi o'yindagi g'alaba bilan muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz. Qo'qondan kelgan minglab ishqibozlarga katta raxmat. Ular bugun Toshkentda "Paxtakor" muxlislaridan kam qo'llab-quvvatlashmadi. Buning uchun ularga tashakkur".

Reyting: +43   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика