No'mon Hasanov: "Qo'qon-1912" doim 1-o'rin, yani chempionlik uchun kurashadi"
26 fev 2018 23:17
Yangiliklar
No'mon Hasanov: "Qo'qon-1912" doim 1-o'rin, yani chempionlik uchun kurashadi"
No'mon Hasanov dastlab jamoa olib borgan tayyorgarlik va yangi qo'shib olingan futbolchilar haqida gapirdi:
"Yangi mavsumga taraduddni 20 dekabrdan boshlagandik. O'tgan vaqt davomida Superligaga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik, deya olaman. Maqsadimiz qo'qonlik futbol ihlosmandlarini xushnud etish. "Qo'qon-1912" jamoasini kuchli jamoalar safiga ko'shishni istaymiz. Yig'in davomida futbolchilarga aql bilan futbol o'ynash kerakligini uqtirdik. Bilasizlar, jamoamiz hujumkor futbol namoyish etadi. O'tgan mavsumda faqatgina biz ikkita sof hujumchi bilan o'ynadik. Hujumkor o'yin natijasida ko'plab uchrashuvlarda himoyadagi xatoliklar tufayli gollar ham o'tkazib yubordik. Yangi mavsumda aynan shu himoyadagi kamchilikni, bo'shliqni to'ldirishimiz zarur. Bu borada mashg'ulotlarda astoydil ishlanmoqda. Bazi taktik o'zgarishlarga ham qo'l urildi. Yangi mavsumda har tomonlama shakllangan va barcha chiziqlar bo'yicha barqaror jamoani qurmoqchimiz", - dedi No'mon Hasanov.
- Tarkibda bir qator o'zgarishlarga qo'l urdik. Jamoaga serbiyalik mutaxassis, "Paxtakor"dagi faoliyati davomida yaxshi tanish bo'lgan eski qadrdonim Dukichni taklif etdim. Bu mutaxassisning futbolga bo'lgan qarashi meniki bilan juda o'xshash. SHuningdek, biz bir-birimizni juda yaxshi bilamiz. SHu boisdan Drajen Dukichni murabbiylar shtabiga qo'shdim. Uning asosiy ishi shundan iboratki, Dukich jamoaning himoyadagi kamchiliklari bilan shug'ullanadi. Bu ishni u juda yaxshi uddalaydi. CHunki futbolchilik davrida aynan himoya chizig'ida harakat qilgan. Men esa hujumkor futbolchi bo'lganim bois, ko'proq tajovuzkor futbolga asoslangan o'yin qurishni xush ko'raman. Himoya va hujum o'rtasida yaxshigina ko'prik xosil qilishda Dukichning xizmatlaridan foydalanmoqchiman, - deydi No'mon Hasanov.
- Jamoa safiga ikkita yaxshi saviyadagi darvozabonlar O'tkir Yusupov va eski qadrdon Muzaffar Abdullaevni taklif etdik. SHuningdek, mudofaa chizig'ini kuchaytirish uchun G'iyos Komilovni jalb etdik. Tajribali futbolchi Igor Taranning xizmatlari ham yangi mavsumda jamoamizga as qotishiga umid qilamiz. Hujum chizig'iga jamoamizning sobiq azosi Bahodir Pardaevni qaytardik. SHuningdek, ikki nafar serbiyalik legioner futbolchilar Spremo va Milichni jamoamizga qo'shib oldik. O'ylaymanki, yangi taklif etilgan futbolchilar jamoamiz g'alabalariga munosib hissa qo'shishadi. Qo'qon futbolini ko'tarish va yuksaltirishni istaymiz. Qo'l ostimdagi ko'plab futbolchilar o'tgan mavsumda ajoyib o'yin ko'rsatishdi. Yangi mavsumda Superligada har bir o'yinda oltin teng ochkolar o'ynaladi. Hech bir bahs oson o'tmasligi aniq. Qiyin kechadigan bellashuvlarda doimo g'alaba uchun kurashishga tayyormiz. CHiroyli futbol orqali qo'qonlik muxlislarni olqishlariga sazovor bo'lishga intilamiz", - deya fikrlarini yakunladi No'mon Hasanov.
- Jamoa oldiga aniq vazifa qo'yildimi?
- Rahbariyat bilan uchrashuv endi bo'lib o'tadi. SHu uchrashuv chog'ida jamoa oldiga qanday vazifa qo'yilgani malum bo'ladi.
- "Qo'qon-1912"ning salohiyatidan kelib chiqib aytganda, jamoa yangi mavsumda qaysi o'rinlar uchun kurashishga qodir?
- "Qo'qon-1912" har doim 1-o'rin, yani chempionlik kurashadi. Maqsadimiz - har bir o'yinda g'alaba qozonish. Istalgan murabbiy doim finalga qadar etib borishni istaydi. Futbolni barcha g'alaba uchun o'ynaydi. G'alabani o'ylamagan holda maydonga chiqish yaramaydi. Bu xoh murabbiy yoki futbolchi bo'lsin, uning maqsadi doimo g'alaba bo'lmog'i lozim. Mag'lubiyatni o'ylab maydonga chiqqan murabbiy, u murabbiy emas. Bizning vazifa jamoani o'yinga to'g'ri tayyorlash. Biz ko'rsatgan taktika va uslubda o'ynashsa, har bir uchrashuvda g'alaba haqida o'ylasa bo'ladi. Har bir murabbiy doim 1-o'rinni egallashni xohlaydi. Bizning maqsad doim yuksalish. Har doim avvalgi o'rinlarga qaraganda ko'tarilishni istaymiz.
- Davron Hoshimov malum muddat "Qo'qon-1912" mashg'ulotlarida ishtirok etdi. Ammo yakunda jamoadan ketdi va "Navbahor"dan qo'nim topdi...
- Futbolchilar shunday, doim yaxshi takliflarni qabul qilishni istashadi. Hoshimov malum muddat biz bilan shug'ullanib yurdi. Biz uni qo'yib yubormadik. Futbolchini o'zi ketishni xohladi. Demak "Navbahor" unga bizdan ko'ra yaxshiroq shartnoma taklif etgandir. Bu uning qarori. Balki Hoshimovga "Qo'qon-1912" oilasi yoqmagandir. Nega ketganini aniq bilmadim. Haqiqat shuki, biz uni qo'yib yubormadik. Aksincha, Hoshimov o'zi "Navbahor"ga o'tishni maqul ko'rdi. Demak Hoshimov "Qo'qon-1912"da o'ynagisi kelmagan. Biz "Qo'qon-1912"ga doim jamoamiz uchun jonini beradigan va shu klub sharafini himoya qilishni xohlaydigan futbolchilarni jalb etamiz. Agarda kimdir "Qo'qon-1912" libosini egnida kiyib yurishni istamasa, unda marhamat, uni jamoadan qo'yib yuborishga tayyormiz. Jamoamizga qo'shib olingan har 7 nafar futbolchilar "Qo'qon-1912" sharafini himoya qilishni istashgani uchun ularni olib keldik.
- Transfer kompaniyasidan ko'nglingiz to'ldimi?
- Albatta har bir murabbiy jamoasida ko'proq legioner va kuchli futbolchilar bo'lishini xohlaydi. Biz legionerlar limitidan to'liq foydalanmadik. Avvalambor shuni aytishim kerakki, hozirgi mavjud tarkibdan kimnidir yo'qotib o'rniga futbolchi olishni istamasdim. Qo'l ostimdagi futbolchilar bilan oxirigacha bormoqchimiz. To'g'ri, hali birinchi davradan keyin tarkibni yanada kuchaytirish uchun imkoniyat bo'ladi. Hozirgi tarkibdan ko'nglim to'q. O'ylaymanki, bu futbolchilar bilan o'ylagan maqsadimiz erisha olamiz.
Fikrlar