So’nggi yangiliklar

17:57Равшан Эрматов клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида энг кўп ўйинни бошқарган ҳакам бўлиб турибди  0 17:31"Шўртан" охирги бор Олмалиқда қачон ғалаба қозонган?  0 17:24Шавкат Саидов: "Бунёдкор" директори бўлишим? Бу нотўғри маълумот"  0 17:15Исроил ҳужуми туфайли Тареми жаҳон чемпионатига бора олмади  6 16:43"Реал" Асенсио билан шартномани узайтирди  1 16:20Ўзбекистонлик спорт психологи "Сантьяго Бернабеу"да "Master in Sport Psychology" дипломини олди  7 16:00Эшитдик-да! "Пахтакор"га қарши ўйиндан сўнг Илёс Зейтуллаев истеъфога чиқарилиши мумкин. Раҳбарият ҳам ўзгаради  11 15:46Турнир тубидагилар тўқнашуви: “Сўғдиёна” Навоийда тарих ёзадими?   0 15:12"Манчестер Юнайтед" Бундеслиганинг 100 млн евролик футболчисига қизиқмоқда  2 14:40Родриго АПЛга ўтишни рад этди  6 13:43Ана холос! Гасперини Довбикка чиқиш эшикларини кўрсатмоқда  9 13:10Тарих сизнинг қўлингизда – Ўзбекистон терма жамоаси аъзолари имзолари қўйилган футбол тўпини ютиб олинг!  5 12:42Лондон клуби 70 млн фунтлик трансферни амалга оширишга тайёр  1 12:26Эшитдик-да! ЦСКА клубида ўзбекистонлик мураббий иш бошлашга яқин  0 11:51"Манчестер Сити" Грилишни 50 миллион фунтга сотмоқчи, аммо...  0

No'mon Hasanov: "Bu g'alaba muxlislarimiz uchun" Yangiliklar

No'mon Hasanov: "Bu g'alaba muxlislarimiz uchun"

"Paxtakor" hamda "Andijon" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "sherlar" bosh murabbiyi No'mon Hasanov ishtirok etdi.

"Andijon" jamoasiga yaxshi baho bergan bo'lardim. Ularga keyingi o'yinlarda omad tilayman. Yigitlarimiz mehnat qilishdi va haqli g'alabaga erishishdi. Bu g'alaba muxlislar uchun", - deydi No'mon Hasanov.

"Himoyaga o'tib olish rejada yo'q edi, shunchaki bu futbol. Raqib safida Yovanovich tushdi. SHu bois himoyani kuchaytirdik. Adnan Oraxovac "Al Hilol"ga qarshi bahsda xatolarga yo'l qo'ygani uchun bugun Azim Ahmedovni maydonga tushurdim. Gol o'tkazilgan vaziyatda Ahmedov xato yo'l qo'ydi? Buni videoda ko'rib keyin tahlil qilib chiqaman. Azim Adnanga qaraganda tezroq, shu bois uni tanladim".

"Bugun ertalab ikki hujumchi bilan o'ynash haqida o'ylab ko'rgandim. Suhrob va Igorni birga tushurmoqchi edim. Biroq tavakkalga bormadim. Keyingi bahslarda ikki hujumchi bilan o'ynashimiz mumkin".

"Saudiya Arabistonidagi o'yinning birinchi bo'limidan keyin nima bo'ldi? Birgina xato tufayli ketma-ket gollar o'tkazib yubordik. Ikkinchi bo'lim bilan va birinchi bo'lim o'rtasida katta farq bo'ldi. SHu bois o'sha o'yinda ko'po xato qilgan bazi futbolchilarni xatto maydonga ham tushirmadim".

"Bugun menimcha ko'p vaziyatlar yaratdik. 2:0 bo'lib turganida Sergeev birga bir vaziyatdan to'p kirita olmadi. Bundan tashqari oxirida yigitlarim biroz bo'shashib qolishdi", - deydi "sherlar" ustozi.

Narzulla Saydullaev

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика