"Manchester Siti" Grilishni 50 million funtga sotmoqchi, ammo...
14 iyu 2025 11:51
Yangiliklar
"Manchester Siti" Grilishni 50 million funtga sotmoqchi, ammo...
"Manchester Siti" yarim himoyachi Jek Grilish bilan xayrlashishga tayyor.
"Shaharliklar" 29 yoshli britaniyalikni sotishdan taxminan 50 million funt ishlab olishmoqchi. Hozircha xavbek bo'yicha takliflar bo'lmadi. Variantlar orasida ijara ham ko'rib chiqilmoqda. Avvalroq futbolchiga "Napoli", "Everton" va "Bayer" klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
"Manchester Siti" Grilishni 15 iyun kuni AQSHda boshlanadigan klublar o'rtasidagi jahon chempionati qaydnomasiga kiritmadi.
Yarim himoyachi o'tgan mavsum 32 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "Manchester Siti" bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar