Rasman: Sardor Rahmonov OKMKni tark etdi
05 iyu 2025 15:33
Yangiliklar
Rasman: Sardor Rahmonov OKMKni tark etdi
FIFA kunlari munosabati bilan yuzaga kelgan tanaffusda olmaliqliklar tarkibida ilk o'zgarish ro'y berdi.
Tajribali himoyachi — Sardor Rahmonov OKMK futbol klubini tark etdi.
2019-yildan buyon "konchilar" safida harakat qilib kelgan Sardor Rahmonov OKMK FK tarkibida jami 179 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Shuningdek, u klub safida 2020 va 2021-yillarda bronza, 2024-yilda esa kumush medallarni qo'lga kiritgan. Shu bilan birga Sardor Rahmonov OKMK tarkibida 2019, 2021 va 2023-yillarda Osiyo Chempionlar Ligasi bahslarida ham ishtirok etgan.
Avvalroq saytimiz orqali Rahmonovning jamoa bilan xayrlashgani haqida malum qilgan edik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar