Rasman: Sardor Rahmonov – "So'g'diyona" futbolchisi!

Sherzod Nurmatov
4 iyul 2025, 12:29
Jamoa "So'g'diyona" yozgi transfer oynasida tarkibini tajribali futbolchilar bilan kuchaytirishda davom etmoqda.

Mahoratli va tajribali himoyachi Sardor Rahmonov bilan 1,5 yillik mehnat shartnomasi imzolandi.

Ma'lumot uchun, Sardor Rahmonov professional faoliyati davomida "Mashal", "Lokomotiv", "Neftchi", "Buxoro", OKMK jamoalari safida o'zini namoyon etgan.

Shuningdek, Sardor Rahmonov O'zbekistonning turli yosh toifalaridagi terma jamoalari - U-19, U-21 va U-23 tarkibida ham ishtirok etgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Сўғдиёна" матбуот хизмати