So’nggi yangiliklar

07:58Нойердан "қутилган" тер Штеген ушбу воқеага мунособат билдирди  2 07:30Суперлига. Бугун "Пахтакор" "Сурхон"га қарши ўйнайди  8 02:03ЕЧЛ саралаши. Сўнгги плей-офф раунд дастлабки ўйинлари бўлиб ўтди  0 01:11"Барселона"га яна "йўқ" дейишди  0 00:50"Goal" футбол тарихидаги энг омадсиз қиммат трансферлар рейтингини тузди  4 00:20"Ман Сити" ва "Ливерпуль" қизиқаётган футболчини "Манчестер Юнайтед" илиб кетишга яқин  2 23:57Гаскойн: "Тушунмайман, у нега "Реал"га ўтмади?"  4 23:32Неъматилло Қуттибоев: "Учрашувни назорат қилдик, аммо имкониятлардан фойдалана олмадик"  0 23:27Баҳром Ҳайдаров: "Сунъий майдон баҳона бўлиши керак эмас"  0 23:14Дибала Осиёга йўл олмоқда  6 22:54"Манчестер Юнайтед" ёш футболчисини сотиб юборди  1 22:38Бу даҳшат! Россия футболида рекорд қўйилди  3 22:01"Турли мамлакатлардан бўлган ҳакамлар битта вазиятни турлича кўришади". Ҳакамлик бўйича ФИФА инструктори Фарҳод Абдуллаев билан катта интервью  1 21:50Алексей Естафеев: "Биринчи бўлимда ҳушёрликни йўқотиб қўйдик"  1 21:47Анвар Бердиев: "Осон ўтмаган ўйинда ғалабага эришдик"  1

Nilufar Usmonova: "Qiziqarli o'yin tomosha qilishni yaxshi ko'raman" Yangiliklar

Nilufar Usmonova: "Qiziqarli o'yin tomosha qilishni yaxshi ko'raman"

O'zbek shou-biznesi olamining yorqin yulduzi, ajoyib xonanda Nilufar Usmonovaning jahon chempionati finali borasidagi fikrlari bilan qiziqdik.
Avvalo meni fikrim bilan qiziqqanliklaringiz uchun "SA" sayti ijodkorlariga rahmat aytaman. Men jahon chempionati o'yinlariga befarq emasman. To'g'risi, mundial avvalida Ispaniya g'olib bo'lsa kerak deb o'ylagandim. Keyin esa kuchli jamoalar guruh bosqichidan nariga o'ta olishmaganiga chempionatga bo'lgan qiziqishim pasaygandi.
Bu yilgi chempionatda kutilmagan natijalar ko'p uchradi. Ushbu jahon chempionatida ertaklarda uchraydigan natijalar ko'p qayd etildi.



Ispaniya, Italiya, Angliya terma jamoalari guruh bosqichdayoq o'z yurishlarini to'xtatishgani haqiqiy "syurpriz" bo'ldi. Umuman tarixda bo'lmagan o'yinlar ham uchradi. Ko'p o'yinlarni o'tkazib yubordim. Lekin uchrashuv natijalari bilan doimo qiziqib keldim va so'rab bilib bordim. Ayni paytda tatildaman. Kuni kecha Gollandiya - Argentina o'yinini katta ko'chada qo'yilgan kinoteatrga kirib ko'rdik.

To'g'risi, yig'lavoray dedim. Bir tomondan Gollandiyaga raxmim keldi. Lekin raqibi kuchli ekan. Yutishi kerakda! Finalda Argentinaga muxlislik qilaman. Lekin rostini aytadigan bo'lsam, men qiziqarli o'yin tomosha qilishni yaxshi ko'raman. Men ishqibozlik qilgan futbolchi Devid Bekxem faoliyatini yakunlaganidan so'ng, to'g'risi, hech bir terma jamoa yoki klubga muxlislik qilmay kelaman. "Barselona" hamda "Real" jamoalarining o'zaro uchrashuvlarini doimo qoldirmasdan ko'rib kelaman. Bu jamoalarning o'yinlari doimo qiziqarli va kuchli kechadi. So'zim so'nggida esa, "Beckham forever" deb qolaman!  

SHahboz BEG'AMOV suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика