So’nggi yangiliklar

02:35Асрор Алиқулов: "Рақибда 65-70 дақиқалардан сўнг бўшлиқлар пайдо бўлишини кутгандик"  0 02:14Анвар Бердиев: "Ўйин битта голгача бўлди, уни эса "Машъал" урди"  1 02:00Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда 90+3 дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда аутсайдерлардан бирига мағлуб бўлди  5 01:38А Серия. Шомуродовнинг голи "Рома"га "Верона" устидан ғалабани тақдим этди  28 01:36"Насаф" "Жар"да "Бухоро"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 01:25Лига 1. ПСЖ яна ғалаба қозонди. Жамоа 29 ўйиндан буён мағлуб бўлмаяпти (+жадвал)   1 00:50Суперлига. "Пахтакор" йирик, "Насаф" ишончли, "Машъал" эса минимал ҳисобда ғалаба қозонди  0 00:10"Бавария" Бундеслиганинг охирги ўринларида бораётган жамоа устидан йирик ғалабани қўлга киритди  0 00:03Виталий Левченко: "Рақиб бизни мағлуб этгани йўқ, биз ўзимиз ўйинни ютқазиб қўйдик..."  10 23:30Рўзиқул Бердиев: "Ғалабага муносиб ўйин кўрсатдик, Черанга ишонишда давом этамиз"  1 23:23Педру Морейра: "Мендан хафа бўлмайсизлар, бугунги саволларингизга жавоб бера олмайман"  8 22:17Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Нефтчи"ни тор-мор этди  224 21:40"Ливерпуль" Дарвин Нуньес бўйича қарор қабул қилди  5 21:19Ла Лига. "Барселона" еттита гол урилган ўйинда камбэк эвазига "Сельта"ни мағлуб этди  138 21:08Бердиевнинг захира кучлари иш берди. "Бухоро" - "Насаф" 1:3  43

Nikola Lazarevich - futbolimizda nimani o'zgartirish kerakligi, "Navbahor" va "Dinamo"dan tushgan taklif va Masharipov haqida Yangiliklar

Nikola Lazarevich - futbolimizda nimani o'zgartirish kerakligi, "Navbahor" va "Dinamo"dan tushgan taklif va Masharipov haqida

Futbolimizga har doim chetdan berilgan bahoning o'rni bo'lakcha bo'lgan.

SHu bois ko'p hollarda bu borada xorijlik mutaxassislarning fikrini bilishga oshiqamiz. Ular bilan suhbat jarayonida biror yangi narsa olishga urinamiz. Bugungi suhbatdoshimiz o'zbekistonlik muxlislarga begona bo'lmagan, qo'shni Tojikiston chempionatida "Istiqlol", "Xo'jand" klublarida faoliyat olib borgan serbiyalik murabbiy – Nikola Lazarevich. 

- Janob Lazarevich siz bilan so'nggi marotaba bir yil oldin suhbatlashgan ekanmiz. CHamasi "Xo'jand"ni tark etgan paytlaringiz edi. Keyingi faoliyatingiz qanday kechgani qiziq...

- Ha, to'g'ri. Bu mavsumni Saudiya Arabistoni chempionati vakili "Al Taavon" klubida o'tkazdim. Jamoa bilan yakunda mamlakat kubogi finaliga chiqdik va ichki musobaqada 4-o'rinni egalladik. Fikrimcha, natijamiz yomon bo'lmadi.

- Qishda sizga Samarqandning "Dinamo" hamda Namanganning "Navbahor" klublaridan takliflar bo'lgan ekan. Ayniqsa, "Dinamo"dan aniq chorlov kelib tushgani haqida aytib o'tgan edingiz. Mazkur jarayonlar muvaffaqiyatli yakunlanishiga nima to'sqinlik qildi?

- Menga hamkasbim va ajoyib do'stim Usmon Toshev orqali "Dinamo"dan taklif kelib tushdi. Lekin shu pallada men Liviyaning "Al Nansr" klubi bilan muzokara olib borayotgandim. Bu klub CHempionlar Ligasi kvalifikacion turnirida ishtirok etayotgandi. "Dinamo"ga esa zudlik bilan murabbiy kerak edi. "Navbahor" bilan ham muzokaralar bo'lgani rost, lekin ular mahalliy murabbiyga ishonch bildirishga qaror qilishdi. Samarqandliklar chorlovini rad qilganimdan so'ng klub Hakim Fuzaylovga taklif bilan chiqdi. 

- "Navbahor"da ishlash juda qiyin. Bosim katta bo'ladi. Agarda natija o'xshamasa, murabbiy o'zgaradi. Siz bunga tayyormidingiz?

- Har bir murabbiy biror joyda ish boshlashdan oldin barchasini o'ylab olishi kerak. Istefo murabbiylar faoliyatining ajralmasi qismi hisoblanadi. SHunday ekan, men faqat ish va jamoam haqida fikr yuritaman. 

- Saudiya Arabistoni va umuman barcha arab klublari moliyaviy tomondan juda baquvvat. Tarkiblarida yuqori saviyadagi legionerlar to'p tepadi, biroq murabbiylar o'zgarishi ko'p ro'y beradi. Arab klublari mablag'iga yarasha aniq tizim bilan ishlamaydi, degan fikrga qanday qaraysiz?

- To'g'ri aytdingiz. Saudiya Arabistonida futbol yuqori darajada. Stadionlar, mashg'ulot maydonlari, yig'in o'tkazish jarayonlari barchasi yuqori saviyada. Moliyaviy tomondan ortiqcha tarifga hojat yo'q. Jamoa bosh murabbiyi do'stim hisoblanadi. U menga mavsum oxirigacha yordam berishimni aytganida rozi bo'ldim. Mavsum yakunlandi, ular oldinga intilishda davom etishmoqda. Men esa faoliyatimni bosh murabbiy sifatida davom ettirmoqchiman. "Al Taavon" rahbarlariga minnatdorchilik bildirdim va shartnomani uzaytirmadim. Aytganingizdek, murabbiy almashishi ko'p joyda odatiy hol. Mening fikrimcha, ularda aniq strategiya yo'q va darhol natija bo'lishini istashadi. 


- Saudiya Arabistoni jahon chempionati saralashi ikkinchi bosqichining hal qiluvchi uchrashuvida O'zbekistonni mag'lub etdi. Nima deb o'ylaysiz, mazkur mag'lubiyat kutilganidek ro'y berdimi? Bu erda nima muhim rol o'ynadi? Mamlakat chempionatining darajasi, murabbiyning mahorati... 

- Hammasi birgalikda. O'zbekiston chempionatining darajasini yomon, deya olmayman. Ammo Saudiya Arabistoning o'rtamiyona jamoasi O'zbekistonning shu o'rindagi klubidan kuchliroq. Yana bir asosiy jihat – moliyaviy holatning turlicha ekanligi. SHu boisdan ham Saudiya Arabistoni chempionatining saviyasi baland. Top darajadagi murabbiylar va legionerlar mahalliy futbolchilarning rivojlanishiga katta tasir o'tkazadi. O'zbekistonda texnikaga etibor qaratilsa, Saudiya Arabistonida taktika va jismoniy tayyorgarlikka urg'u beriladi. Bir narsani aytishim kerakki, sizlarning futbolchilaringiz iqtidorliroq. Masalan, Jaloliddin Masharipov o'tgan mavsumni BAAda o'tkazdi. Endi esa Saudiya Arabistoning "Al Nassr" klubida to'p tepadi. 

- Nima deb o'ylaysiz, so'nggi yillardagi muvaffaqiyatsizliklardan so'ng futbolimizda nimani o'zgartirish kerak?

- Umuman olganda, bu bolalar futboliga borib taqaladi. Bu juda katta mavzu. Mahalliy futbolchilar o'sishi uchun kuchli evropalik o'yinchilar kerak. SHuningdek, malum vaqt davomida mentalitet va qarashni ham o'zgartirish lozim. Ko'p yillik strartegiya ishlab chiqib, ruhiyat borasida ko'p ishlash darkor, deb o'ylayman. 


- Terma jamoamizni qanday murabbiy boshqargani yaxshiroq? 

- Qiyin savol. 

- Evropalik murabbiy nomzodi tasdiqlanmoqda...

- Bunga qo'shilaman. Evropalik murabbiy zarur, lekin tizim va mentalitet o'zgarmas ekan, barcha xorijlik murabbiyga qiyin bo'ladi. 

- Ajoyib suhbat uchun tashakkur.

- So'zim yakunida takidlashim kerakki, faoliyatimni O'zbekistonda davom ettirishdan faqat xursand bo'laman.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика