Yurgen Klopp nima uchun "Manchester Yunayted"ni boshqarishni istamagan?
20 okt 2025 16:31
Yangiliklar
Yurgen Klopp nima uchun "Manchester Yunayted"ni boshqarishni istamagan?
Afsonaviy germaniyalik murabbiy Yurgen Klopp o'z paytida nima sababdan MYUdan voz kechganini tushuntirdi.
Sababi hammani hayratda qoldirdi.
Yaqinda bergan intervyusida Yurgen Kloppdan ser Aleks Fergyuson ketganidan so'ng klub unga murojaat qilganida, nima uchun rad javobini bergani haqida so'rashdi.
"Chunki uchrashuvlarda ular menga yoqmagan narsalarni aytishdi: "Siz xohlagan barcha futbolchilar bilan shartnoma imzolaymiz, u bilan, bu bilan". U erda o'tirarkanman, bu umuman mening loyiham emas, deb o'yladim.
Men Pol Pogbani qaytarishni xohlamasdim. Men Krishtianu Ronalduni qaytarishni istamasdim, chunki bu jamoaga foyda keltirmasdi. Ularning fikri klubga eng yaxshi o'yinchilarni olib kelish edi, lekin ular hech qachon to'liq loyiha haqida gapirishmagan. Va keyin "Liverpul" murojaat qildi va men darhol rozi bo'ldim", – dedi Klopp.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar