Roy Kin: "Agar "Manchester Yunayted" bugungidek o'ynasa, Amorim yana 3 yil ishlaydi"
20 okt 2025 20:04
Yangiliklar
Roy Kin: "Agar "Manchester Yunayted" bugungidek o'ynasa, Amorim yana 3 yil ishlaydi"
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Roy Kin APL doirasida "Liverpul" ustidan qozonilgan g'alabadan (2:1) so'ng manchestrliklarni maqtadi.
"Bu "Manchester Yunayted" jamoasidan hozir haqiqatdan ham gol xavfini kutsa bo'ladi. Ularda o'tgan mavsum bu narsa yo'q edi. G'alabalar ishonch bag'ishlaydi, ammo endi davom etish va mavsumni yaxshi o'tkazish zarur. Agar "Manchester Yunayted" bugungidek o'ynasa, Amorim yana 3 yil ishlaydi", – dedi Kin.

Eslatib o'tamiz, MYU "Liverpul"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi. Ruben Amorim shogirdlari hozirda APL musobaqa jadvalida 9-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar