Niderlandiya chempionatida to'plar nisbati 59:4 bo'lgan "Ayaks" ikkinchi pog'onada bormoqda. Qanday qilib bunaqa bo'lishi mumkin?!
17 jan 2022 19:15
Yangiliklar
Niderlandiya chempionatida to'plar nisbati 59:4 bo'lgan "Ayaks" ikkinchi pog'onada bormoqda. Qanday qilib bunaqa bo'lishi mumkin?!
"Ayaks" ushbu mavsumda Evropaning eng yorqin o'yin namoyish etayotgan klublaridan biri hisoblanadi. Amsterdamliklar CHempionlar ligasi guruh bosqchidagi 6 uchrashuvdan 6 tasida g'alaba qozonishgan, hujumchi Sebastyan Aller 10 ta gol bilan turnir to'purari bo'lib turibdi. Niderlandiya chempionatida "Ayaks" 19 o'yinda 59 ta gol urdi (har bir o'yinda 3 tadan ko'p degani) va atigi TO'RTTA gol o'tkazib yubordi!
"Kambyur"ni 9:0 hisobida taslim qildi.
19 ta o'yindan 7 tasi 5:0 hisobida yakunlandi (AAAAAAAA!)
14 g'alaba — barchasi quruq hisobda.
SHunday natija bo'la turib, klub "PSV"dan bir ochko kam jamg'argan holda turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. Qanday qilib bunaqa bo'lishi mumkin deya hayratdan yqa ushlayotgandirsiz.
Balki "Ayaks" "PSV" bilan o'yinda mag'lub bo'lgandir? Yo'q, o'zaro bahsda Erik ten Xag shogirdlari azaliy raqibini 5:0 hisobida tor-mor keltirishdi.
Aslida, hamma narsa oddiy: unchalik xushchaqchaq bo'lmagan PSV (to'plar farqi 47:24) amsterdamliklardan g'alabalari bittaga ko'proq hamda "Ayaks"dan kamroq durang qayd etgan. "Ayaks"da ikkita mag'lubiyat ham bor (Utrext va AZdan qabul qilingan).
Mana futbol qay darajada qiziqarli!
Fikrlar