Neymarning otasi Torresga nisbatan ishlatilgan qo'pol foldan so'ng hakamlarni tanqid qildi
03 mar 2017 14:47
Yangiliklar
Neymarning otasi Torresga nisbatan ishlatilgan qo'pol foldan so'ng hakamlarni tanqid qildi
"Barselona" hujumchisi Neymarning otasi "Atletiko" hujumchisi Fernando Torres "Deportivo"ga qarshi bahsda (1:1) olgan bosh jarohatidan so'ng vaziyat borasida fikr bildirdi.
Bir vaziyatda "Deportivo" yarim himoyachisi Bergantinos Aleks Torresga nisbatan qo'pol o'ynadi. Torres erga boshi bilan tushdi va bir necha daqiqa xushini yo'qotdi. Biroz o'tib uni kasalxonaga olib ketishdi. Neymarning otasid JCH-2014 payti Braziliya hamda Kolumbiya jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda Xuan Suniga Neymarga jarohat etkazgan vaziyatni esladi.
"O'g'lim ham shunga o'xshash qo'pol o'yin qurboni bo'lgan. O'shandan beri hakamlar qachongacha qo'pollikka imkon berar ekan deb o'zimga savol beraman. Bu yakuniga etishi uchun yana qancha futbolchi jarohatlanishi kerak? Torres tezroq tuzalib ket" - deydi Neymarning otasi.
Fikrlar