Neymarning agenti 5 top-klub bilan muzokara o'tkazgani malum bo'ldi
21 iyu 2019 12:12
Yangiliklar


Neymarning agenti 5 top-klub bilan muzokara o'tkazgani malum bo'ldi
PSJ hujumchisi Neymarning agenti Pini Zaxavi mijozining jamoasini o'zgartirish niyatida bo'lib turibdi.
"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, braziliyalik futbolchining vakili Evropaning 5 top-jamoasi bilan muzokaralar o'tkazgan. "Barselona", "Real", "Bavariya", "Yuventus" va "Manchester Yunayted" kabi klublar 27 yoshli Neymarga davogarlik qilishgan.
Neymar ushbu yozda jamoadan ketishni istayotganini aytgandi. Hozirda unga asosiy davogar "Barselona" turibdi. Ammo kataloniyaliklarda uni sotib olish uchun mablag' mavjud emas.
Vingerning transfer narxi 180 million evroga baholanmoqda. Ammo parijliklar transferdan kamida 200 million evro ishlab olishmoqchi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar