Neymar va PSJning boshqa futbolchilari nega Xolandning harakatini takrorlashdi?
13 mar 2020 19:50
Yangiliklar
Neymar va PSJning boshqa futbolchilari nega Xolandning harakatini takrorlashdi?
Mazkur uchrashuvning 28-daqiqasida Neymar dortmundliklar darvozasini ishg'ol etib, golni xuddi Erling Xolandning Germaniyadagi "dzen" uslubidagi nishonlashi kabi takrorladi.
Malum bo'lishicha, 19 yoshli forvard Parijdagi mehmonxonaga kelib joylashganidan keyin, snepchatdagi sahifasida, “Mening shahrim, seniki emas”, deb yozilgan izohi bilan "PARIS" yozuvli rasm joylagan.
Bu esa Neymarga maqul kelmadi va u Xolandga o'yin davomida hamda undan so'ng ham o'ziga xos javob qaytardi. Braziliyalik instagram'dagi sahifasiga, "Parij - bizning shahrimiz, seniki emas", deya post qo'ydi.
Bellashuv yakunlangach esa parijliklarning deyarli barcha azolari Erlingning harakatini takrorlashdi va kiyim almashtirish xonasida ham bu yuz berdi.
Akmurzaev Eldor tayyorladi
Fikrlar