Neymar "Santos"dan "Barselona"ga o'tishi bilan bog'liq bo'lgan korrupcion ayblovlardan oqlandi
28 okt 2022 20:41
Yangiliklar
Neymar "Santos"dan "Barselona"ga o'tishi bilan bog'liq bo'lgan korrupcion ayblovlardan oqlandi
Davogar Braziliya investiciya kompaniyasi DIS,, Neymardan tashqari, uning ota-onasi, "Barselona" va "Santos", "Barsa"ning sobiq prezidentlari Xosep Mariya Bartomeu va Sandro Rosel, shuningdek, "Santos"ning sobiq prezidenti Odilio Rodrigesni aybladi. Qayd etilishicha, Ispaniya prokuraturasi transferga aloqador barcha shaxslarni oqlagan.
Barcha ayblanuvchilar tinglangandan so'ng, prokuror bu ishda jinoyatga ishora ham yo'qligini aytdi.
Prokurorlar dastlab Neymar uchun ikki yillik qamoq jazosini so'ragan. Hujumchi Kataloniya klubiga o'tish uchun olingan to'lovlarning bir qismini yashirganligi sababli firibgarlik va korrupciyada gumon qilingandi.
30 yoshli braziliyalik futbolchi 2013 yildan 2017 yilgacha “Barselona” safida to'p surgan va ispan klubi safida 186 ta o'yinda maydonga tushib, 105 ta gol urgan va 76 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar