Neymar MYU uchun Saudiya Arabistonidan tushgan taklifga rad javobini berdi
31 may 2023 00:50
Yangiliklar
Neymar MYU uchun Saudiya Arabistonidan tushgan taklifga rad javobini berdi
Garchi taklif juda katta bo'lsa-da, PSJ futbolchisi Neymar Saudiya Arabistonidan tushgan taklifga rad javobini berdi.
"Foot Mercato" xabariga ko'ra, Saudiya Arabistoni klubi futbolchiga 3 yillik shartnoma uchun 400 mln evro taklif qilgan. Biroq u bunga rad javobini bergan. Unga ayni damda "Manchester Yunayted" varianti qiziqroq ko'rinmoqda. Ayni damda PSJ va "Manchester Yunayted" braziliyalikning ijarasi borasida muzokaralar olib bormoqda.
PSJ futbolchini sotishga tayyor turibdi. SHu orqali klub o'zining harajatlarini biroz kamaytirmoqchi. O'z navbatida klubdagilar futbolchining ko'p jarohat olishi va o'zini tutishidan mamnun emas.
Fikrlar