Neymar: "Marsel"ga qarshi bahsdagi chetlatilishim adolatsizlik bo'ldi"

Aslanov Jasurbek
23 okt 2017, 12:38
PSJ hujumchisi Neymar "Marsel"ga qarshi Fransiya chempionatining 10-tur uchrashuvida (2:2) o'zining chetlatilishi haqida fikr bildirdi.

87-daqiqada Lukas Okampos Neymarga nisbatan qoida buzdi, shundan so'ng braziliyalik argentinalikni turtib yubordi. Ikkala futbolchi sariq kartochka bilan jazolandi, ammo parijliklar forvardi uchun bu ikkinchi ogohlantirish edi.

"Adolatsizlik bo'ldi. O'yin davomida oyog'imga tepishdi. Tanamda ko'kargan joylar ko'p. Orqadan oyog'imga tepishgani uchun jahlim chiqdi. G'azabda edim. Hakam o'zi istaganidek PSJni bir kishi kam qoldirdi" - deydi Neymar.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Esporte Interativo