

Bosh murabiy Unai Emeri 25 yoshli futbolchi o'z yurtiga oilaviy masalalar tufayli ketganini ma'lum qildi.
Shanba kuni ertalab u menga qo'ng'iroq qilib oilaviy ishlari borligini aytdi. Mendan Braziliyaga borib kelishni so'radi, bu juda muhimligini aytdi, – deydi Emeri.
Neymardan tashqari Tiago Silva, Leven Kurzava, Adrien Rabo va Tiago Motta jarohatlari bois bu o'yinda maydonga tusha olishmaydi.
Strasbur – PSJ uchrashuvi bugun tunda, Toshkent vaqt bilan soat 01.05da boshlanadi.




