Braziliya futbol federatsiyasi Neymarning salomatligi bo'yicha bayonot berdi

9 iyun 2026, 09:15
Braziliya futbol federatsiyasi (CBF) "Santos" hujumchisi Neymarning sog'lig'i borasida rasmiy bayonot berdi.

"Neymar dushanba kuni MRT (magnit-rezonans tomografiya) tekshiruvidan o'tdi va testlar uning tiklanish jarayoni kutilgan meyorlar doirasida yaxshi ketayotganini ko'rsatdi. U Braziliya milliy terma jamoasi tibbiy komissiyasi tomonidan belgilangan reja asosida davolanishni davom ettiradi", - deyiladi bayonotda.

Eslatib o'tamiz, may oyining oxirida vingerning boldir mushaklarida ikkinchi darajali jarohat aniqlangan edi. Uning tiklanishi uchun ikki haftadan uch haftagacha vaqt talab etilishi xabar qilingan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com