Neymar asosiy ikki maqsadini aytdi
04 fev 2021 19:50
Yangiliklar


Neymar asosiy ikki maqsadini aytdi
Parijliklar forvardi Neymar kelajakdagi maqsadlari haqida gapirdi.
“Meni mag'lubiyatlar emas, balki faoliyatim davomida qo'lga kiritgan g'alabalarim ilhomlantiradi. CHempionlar Ligasida g'alaba qozonish nimaligini bilaman va PSJ bilan yana finalga chiqishimizga aminman.
Maqsadlarim? PSJ bilan CHempionlar Ligasi va Braziliya bilan Jahon chempionatida g'olib chiqishni xohlayman.
Maydondan tashqaridagi maqsadlarim? Hatto bilmayman ham, shunchaki, pandemiya tezroq tugashini istayman va shunda normal hayotga qaytishimiz mumkin”, deydi Neymar.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar