Nevill: "Ronaldu ushbu mavsum 15-20 gol ura oladi"
27 noy 2022 14:30
Yangiliklar


Nevill: "Ronaldu ushbu mavsum 15-20 gol ura oladi"
"Menimcha, u biror top-klub topib, 4-5 oylik shartnoma imzolaydi. Krishtianu hali Evropaning elit jamoalarida o'ynashga loyiq. Uning asosiy maqsadi - ECHLda o'ynash bo'lsa kerak. SHu orqali u o'zining holati hali ajoyibligini, "Manchester Yunayted"da bo'lgan ishlar noto'g'ri bo'lganini isbotlaydi.
Uning oldida 4-5 oy bor. Ronaldu ushbu mavsumda 15-20 gol ura oladi. O'shanda "Manchester Yunayted"dagilar ham Premer-ligadagilar ham uni bekorga ketganini aytishadi. Uning o'zi ham shuni istasa kerak.
Ushbu mavsumni yakunlab olganidan keyin Ronaldu keyingi ikki yil haqida o'ylaydi. Balki u so'nggi ikki mavsumi uchun loyiha tuzar. Balki AQSHdir, balki Yaqin SHarq. Balki u Evropada faoliyatini tugatar.
Umid qilamanki, u hali isbotlashni istaydigan narsalar juda ko'p. Yakunda "Manchester"dagilar Ronaldu bilan qilgan ishlaridan pushaymon bo'lishlari kerak. Barchasi Krishtianu uchun to'g'ri hal bo'lishini istayman", - dedi Nevill.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar