

"Sovrinlar qo'lga kiritilishi uchun shunga yarasha tarkib bo'lishi kerak. Sulsherga yana bir markaziy himoyachi va vinger kerak.
Bugun Pogba chap qanotda, Grinvud esa o'ng qanotda o'ynadi. Ular juda ko'p o'ylashdi. Tarkibda 6 nafar yarim himoyachi bor va ularga doimiy o'yin amaliyoti berish kerak.
Rahbariyat so'nggi 5-6 yildan buyon bosh murabbiyga chempionlikka davo qiladigan tarkib yig'ib bera olmadi. Bu ularning ishi. "Yunayted" sovrinlarga erishmasa, tezda bosh murabbiy ayblanmoqda. Biroq Ole asta-sekinlik bilan shu davrga yetib kelmoqda", - dedi Nevill.



