So’nggi yangiliklar

21:15"Барселона" расман Войцех Шесни билан шартнома имзолаганини эълон қилди  0 20:57ОЧЛ 2. Ҳисобда ортда бораётган "Насаф" камбэк қайд этган ҳолда "Шабаб Ал Аҳли"дан устун келди  145 20:30Афсонанинг қайтиши? Зидан МЮ бошқарувига келиши мумкин   3 19:57"Сити" МЮ рекордини такрорлади  0 19:32Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Грузиядан устун келди  2 19:15Футзал бўйича ЖЧ. Украина – Бразилия (матнли трансляция  4 18:39"Трактор" – "Моҳун Баган" учрашуви бекор қилинди  2 18:13"Насаф" ва "Шабаб Ал Аҳли" стадионга етиб келди  0 17:45Тен Ҳаг ишдан бўшатиладими? МЮ футболчилари мураббийнинг истеъфога чиқарилишини кутмоқда  10 17:24Рой Кин "Манчестер Юнайтед" бош мураббийлигига номзодми?  3 16:57Виктор Осимхен: "Мен 100 млн евродан қимматман"  7 16:30Ўзбекистон терма жамоаси таркибида кичик ўзгариш  9 16:12"Реал" Карвахаль билан шартномани узайтириш бўйича музокараларни бошлайди  1 15:45Про лига 22-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди. Иккита ўйинда VAR ишлайди  1 15:26Фарғонадаги Кубок финалида ишлайдиган ҳакам Ўзбекистон МТЖ фойдасига иккита пенальти белгилаганини биласизми?  7

"Nemis mashinasi" yo'lida davom etadi Yangiliklar

"Nemis mashinasi" yo'lida davom etadi

Jahon chempionati o'yinlari juda qiziqarli kechishda davom etmoqda.

Mundialda oddiy va oson bo'lmasligi ushbu chempionat isbotlab bermoqda. Har qanday grand va kuchli jamoaga qarshi istalgan jamoalar etarlicha qarshilik ko'rsata olishmoqda. Bu safar Germaniya terma jamoasi Jazoir bilan chorak final chiptasi uchun bellashdi.

Ko'pchilik Germaniyaning osonlikcha g'alaba qozonishi kutgani bor gap. Lekin aslida esa bunday bo'lib chiqmadi. Jazoir terma jamoasi uchrashuv boshidanoq "nemis mashina"siga  katta qarshilik ko'rsata olishini bildirib o'tdi.

Asosan qarshi hujumda harakat qilgan Jazoir birinchi bo'limda Noyer darvozasi oldida bir qancha xavfli vaziyatlarni sodir eta olishdi. Lekine Noyer har safar ham hujumchilardan ildamroq harakat qilib, jamoasini bir qancha gollardan saqlab qoldi.


Ikkinchi bo'limda nemislar ko'proq hujum qila boshlashdi. Lekin Jazoir himoya qo'rg'onini "yorib" o'tish ularga oson kechmadi. Jazoir esa ko'proq qarshi hujumlarga tayanib o'ynadi. Ularda yuzaga kelgan bir qator vaziyatlani Slimani gol bilan yakunlashi mumkin edi. Ammo Manuel Noyer shu kuni nafaqat yaxshi darvozabon, balki yaxshigina markaziy himoyachi ham ekanligini butun dunyoga ko'z-ko'z qildi.

Ikkinchi taymda Germaniya terma jamoasida ham etarlicha vaziyatlar yuzaga keldi. Ammo Jazoir posboni Rais ham bir qator "seyv"larni amalga oshira oldi.


Asosiy daqiqalarda darvozalar  tomon to'p kiritilmadi va g'olib nomi aniqlanmadi. Keyinchalik qo'shimcha bo'limlarda "omadli" chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritgan jamoa nomi aniq bo'ldi. Qo'shimcha bo'limning daslabki daqiqalaridanoq SHyurrle Myullerning pasidan so'ng juda chiroyli tarzda to'pni darvozaga joylab qo'ydi.

Ikkinchi qo'shimcha bo'limning so'nggi daqiqalarida Mesut O'zil oradagi farqni ikkita etkazdi.

 Jazoirliklar tarkibidan Jabu ushbu gollarga javob tariqasida so'nggi daqiqalarda bitta to'p kiritdi, o'yinda ushbu 2:1 hisobi saqlanib qoldi.

"Nemis mashina"si oson bo'lmagan yo'ldan o'tib oldi va endi chorak finalda Franciya terma jamoasi bilan kuch sinashishadi.




JCH-2014. 1/8 final
GERMANIYA – JAZOIR 2:1
Portu-Alegri. “Beyra-Rio” stadioni
Bosh hakam
: Sandro Richchi (Braziliya)

Gollar:
SHyurlle 92, Ozil 119, Jabu (120).

Germaniya:
Noyer, Boateng, Mertezaker, Mustafi (Xedira, 70), Xovedes, Lam, SHvaynshtayger (Kramer, 109), Kroos, Ozil, Myuller, Gyotce (SHyurlle, 46).

Jazoir:
Mboli, G'ulom, Belkalem, Allish (Bugerra, 96), Lasen, Feguli, Slimani, Sudani (Jabu, 100), Tayder (Braimi, 78), Mandi, Mustafo.

Ogohlantirishlar:
Allish 42,Lam 107.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика