So’nggi yangiliklar

21:16Луис Энрике: "Барселона"га содиқ бўлиб қоламан, "Реал"га қарши ўйинлар менга катта иштиёқ беради"  6 20:58"Ал Қодисия" Ретеги учун таклифни оширди  1 20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  16 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  11 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  6 19:09"Лион"нинг Лига 1даги тақдири ҳал бўлди  2 18:31Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди  8 17:45КЖЧда энг кўп мухлис қайси жамоа ўйинига тушмоқда?  5 17:35Дублга эришган легионер, "Навбаҳор"ни мағлуб этган мураббий, гол ўтказмаган посбон ва 25 ёшли ҳимоячи — Суперлигада 15-турнинг энг яхшилари  2 17:29Мирко Еличич - "Локомотив" бош мураббийи  4 17:12Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди  1 17:08Расман: Бобир Абдихолиқов "Пахтакор" футболчиси  12 16:58Мали, Фламарион, Качорри, Ратиньо, Дориев ... Суперлига 15-тур рамзий терма жамоаси  1 16:20"Андижон"га янги дарвозабон ва мураббий келмоқда  10 16:069 нафар ҳакам ўйин натижаларига таъсир кўрсатишда гумонланмоқда  6

"Neftchi" - "Paxtakor": uchrashuv raqamlari va malumotlar Yangiliklar

"Neftchi" - "Paxtakor": uchrashuv raqamlari va malumotlar

Teglar :  PaxtakorNeftchi
Oliy liganing 2-turida "Paxtakor" Farg'onada "Neftchi" mehmoni bo'ladi.

Milliy chempionat tashkil etilganidan buyon oliy ligada muntazam ishtirok etib kelayotgan uch jamoadan ikkisining to'qnashuvi eng principial qarama-qarshilik sifatida etirof etiladi. Har ikki klub o'zaro o'yinlarda bir-biridan eng ko'p ochko tortib olgani buni tasdiqlaydi.

Jamoalar oliy ligada 50 o'yin o'tkazishgan. Kichik ustunlik "Paxtakor" tarafida - 23 g'alaba, 7 durang va 20 mag'lubiyat. Raqib darvozasiga 81 to'p kiritgan "sherlar" 66 to'p o'tkazib yuborishgan. Farg'onadagi bellashuvlarning 15tasida "Neftchi" g'olib chiqqan, 5tadan durang va jamoamizning g'alabasi kuzatilgan. Oxirgi ikki mavsumda farg'onaliklar o'z maydonidagi bahslarda zafar quchishgani etiborga molik.

Jamoalar O'zbekiston Kubogida 15 uchrashuv o'tkazganlar va "Paxtakor" ularning 12tasida ustun kelgan. 3 bellashuvda raqibning yutug'i kuzatilgan. "Paxtakor-79" xotira turniri va "Toshkent xalqaro turniri" finallarida ham jamoalarning to'qnashuvi ro'y berib, ularda jamoamiz muvaffaqiyatga erishgan.

"Paxtakor"ning eng yirik g'alabasi 6:1, "Neftchi"da esa 4:0 hisoblanadi. Rustam Do'rmonov o'zaro uchrashuvlarda 12 to'p kiritgan. SHuhrat Maqsudov esa har ikki jamoa tarkibida gol urgan yagona o'yinchi sanaladi.

Farg'onadagi bahsni Rustam Bobomurodov boshqarib boradi. Hozirgacha u oliy ligada jamoamiz ishtirokidagi 9 uchrashuvda hakamlik qilgan. Ularda 5 g'alaba, 3 durang va 1 mag'lubiyat kuzatilgan.



"NEFTCHI" - "PAXTAKOR"
Hakamlar:
Rustam Bobomurodov (Navoiy), Artyom Kalinin (Qarshi), Andrey Capenko (Toshkent viloyati), Daulet Jalimov (Nukus).
Nazoratchi: Rashid Aytekov (Toshkent).
PFL vakili: Ahrol Inoyatov.

Yoshlar tarkiblari bahsi Qirgulidagi stadionda 7 mart, seshanba kuni 15:30da boshlanadi. Asosiy jamoalar o'yini 8 mart, chorshanba kuni Farg'onadagi "Istiqlol" stadionida 15:00da start olishi rejalashtirilgan.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика