"Neftchi" murabbiyi: "Biz raqibga nisbatan bir bosh ustun o'ynadik"
10 mar 2018 22:41
Yangiliklar


"Neftchi" murabbiyi: "Biz raqibga nisbatan bir bosh ustun o'ynadik"
"So'g'diyona" - "Neftchi" (0:0) o'yinidan so'ng "Neftchi" murabbiyi Bahrom Haydarov miks-zonada o'yin haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Bahs yuqori suratda o'tdi. Xar ikkala jamoa ham uchrashuv boshida o'zlarida yaxshi taassurot qoldirishdi. Biroq injiq ob-havo sharoiti jamoalarga o'ynash uchun to'sqinlik qildi. Baribir qiziq o'yin ko'rdik.
"Neftchi" ikkinchi bo'limda jonlandi. Hatto raqibga nisbatan bir bosh ustun to'p surdi. Jizzax jamoasiga hurmat saqlagan holda shuni aytamanki, bugun "Neftchi" g'alabaga loyiq edi. Biz Jizzaxga uch ochko uchun kelgandik. Afsuski, buning uddasidan chiqa olmadi. Endi etiborimizni keyingi o'yinlarga qaratamiz, - dedi Bahrom Haydarov.
O’xshash yangiliklar
18:35
"Al Bataeh" - "Al Vahda". G'aniev va Erkinov jamoalari o'rtasidagi o'yin uchun tarkiblar malum 0

Fikrlar