So’nggi yangiliklar

08:34«Бухоро» Туркиядаги йиғиннинг илк ўртоқлик учрашувида Қозоғистон жамоасига мағлуб бўлди  1 08:03Нидерландия футболида можаро. Ван Перси жамоаси рақиб 12 киши бўлиб майдонда ҳаракат қилган баҳснинг сўнгги дақиқаларида гол ўтказиб юбориб, ғалабани қўлдан бой берди  2 07:35«Қийинчиликка қарамай, тайёрланиш ва курашиш керак» – Вадим Абрамов қуръа ва старт ҳақида  0 03:00Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Эспаньол"га мағлуб бўлди, "Атлетико" билан орадаги фарқ — бир очко  89 01:58Назорат учрашуви. "Бунёдкор" Косово жамоасидан устун келди  0 00:45Ла Лига. "Атлетико" Мадридда "Мальорка"ни мағлуб этди. Гризманн яна гол урди  11 00:15ПСЖ йирик хисобда ғалаба қозонди, Дембеле хет-трик қилди, Рамуш эса дублга эришди.  4 23:04"Барселона" собиқ ўйинчиси Артур Ла Лигага қайтди  13 22:41Бундеслига. "Бавария" ва "Хольштейн Киель" ўртасидаги ўйинда 7та гол урилди, "Боруссия" меҳмонда "Хайденхайм"дан устун келди  16 22:08АПЛ. "Ливерпуль" меҳмонда "Борнмут"дан устун келди, "Эвертон"дан 4:0, "Саутгемптон" ва "Фулхэм"дан меҳмондаги ғалаба  12 21:36Озарбайжон чемпионати. "Сумқайит" ўз уйида "Араз" билан дуранг ўйнади, Жалолиддинов 62 дақиқа ҳаракат қилди  6 21:04"Наполи" Кварацхелиянинг ўрнини Саудия Арабистонидаги ўйинчи билан тўлдиради  2 20:37Асенсио АПЛ клубига ўтиши мумкин  1 19:57Назорат ўйини. "Нефтчи" Қозоғистон клубини таслим қилди  9 19:48Баҳодир Мирзаев: "Қуръадан кўнглимиз тўлди, буёғига амалда кўрсатиш қолди"   5

“Neftchi” – “Dinamo” o'yini oldidan kim qanday fikrda? Yangiliklar

“Neftchi” – “Dinamo” o'yini oldidan kim qanday fikrda?

Xabaringiz bo'lsa kerak, bugun PRO-Liganing 15-turi yakuniga etadi.

Farg'onadagi “Istiqlol” stadionida “Neftchi” jamoasi Samarqandning “Dinamo” klubini qabul qiladi. Mazkur uchrashuv turning markaziy o'yini sanaladi. SHu bois muxlis va mutaxassislarning bo'lajak bahsga bo'lgan qiziqishi yuqori. Superligaga chiqish uchun astoydil kurashayotgan “Neftchi” va “Dinamo” jamoalari o'rtasida turnir jadvalida peshqadamlik qilish bo'yicha ham o'ziga yarasha intriga yuzaga kelgan. Xo'sh, bugun soat 20:00da boshlanadigan o'yin oldidan kim qanday fikrda?

Obid Jo'raboev: “Neftchi”ni qanday o'ynashini har tomonlama o'rganib chiqdik”
Oxirgi ikki mavsumdan buyon samarqandliklar sharafini himoya qilib kelayotgan tajribali Obid Jo'raboev bugungi kunda “Dinamo”ning sardori hisoblanadi. Mudofaa chizig'ida sheriklarini boshqarib turish bilan birga, ayrim uchrashuvlarda raqib darvozasi tomon yo'l topa olayotgan 35 yoshli futbolchi bugungi “Neftchi”ga qarshi kechadigan uchrashuv oldidan saytimizga o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- CHindan ham bugun Farg'onada qiziqarli va murosasiz uchrashuv kechishini oldindan tahmin qilish mumkin. “Dinamo” mazkur o'yinga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko'rdi. Yigitlarning ruhiyati yomon emas. Hozir turnir jadvalida peshqadam bo'lib turibmiz. Nasib qilsa “Neftchi” bilan o'yinda egallab turgan o'rnimizni mustahkamlab olmoqchimiz. Farg'onada ochko olish uchun astoydil kurashamiz.

- “Neftchi” jamoasini o'tkazgan o'yinlarini ko'rib, tahlil qilib chiqdik albatta. Raqib tarkibida bo'ydor va shu bilan birga nomdor futbolchilar xarakat qiladi. Jamoa asosan havoda to'p uzatish orqali o'yin tashkil etadi. SHunga yarasha “Dinamo” jamoasi ham tayyorgarlik ko'rdi. Maydonda kim ko'proq yugursa va mexnat qilsa o'sha jamoa g'olib bo'ladi. Yuqorida aytib o'tganimdek, “Neftchi” tarkibida tajribali va nomdor o'yinchilar ko'proq. Bu ularning ustun tomoni bo'lishi mumkin. Bu bilan “Dinamo”da maxoratli o'yinchilar yo'q demoqchi emasman. Qolganini o'yinga chiqqanimizda ko'rasiz.

- O'yin boshlanish vaqtini 20:00ga belgilangani menimcha har qanday futbolchi uchun juda qulaydir. CHunki kechki salqinda yugurish birmuncha osonroq bo'ladi. “Istiqlol”stadionida barcha sharoitlar bor. Ayniqsa yoritish tizimi talabga javob beradi. Fursatdan foydalanib, o'yin tashkilotchilariga oldindan minnatdorchilik bildiraman.




Bekzod Tolibov: “Markaziy o'yin taqdirini bitta gol hal qilishi mumkin”

Saytimizning farg'onalik muxbiri Bekzod Tolibov mana bir necha yillardan buyon PRO-Liga o'yinlarini bevosita stadionning o'zidan kuzatib borish bilan birga, chempionat uchrashuvlarini keng tarzda yoritib borishga xarakat qilmoqda. “Neftchi” – “Dinamo” o'yini oldidan Tolibov o'z fikrlarini bildirar ekan, jamoalarning shu kungacha o'tkazgan o'zaro o'yinlar statistikasi va bir qancha qiziqarli malumotlarni ham keltirib o'tdi.

-"Neftchi" - "Dinamo" qarama-qarshiligi o'ziga xos tarixga ega. Bugunga qadar jamoalar jami 53 marta to'qnash kelishgan va undan 34 ta bahs farg'onaliklar foydasiga yakunlangan. Statistikaga etibor qaratsak ustunlik "Neftchi" tomonida.

-Jamoalarning bugungi uchrashuvi shubhasiz markaziy maqomga ega. Boisi ayni damda jadvalning birinchi va uchinchi pog'onasini egallab turgan bu ikki klub o'rtasidagi o'yin Pro-liganing 15-turidan so'ngi musobaqa peshqadamini aniqlab beradi. Ruhiyat bo'yicha ustunlik "Dinamo"da, chunki ular o'tgan turni G'uzorda "SHo'rtan" mehmoni bo'lib g'alaba bilan yakunlashdi. Farg'onaliklar ham o'z maydonlarida raqiblarini ayab o'tirganlari yo'q, deyarli har bir o'yin kamida yirik hisobda yakunlanayapti. Ilhom Mo'minjonov shogirdlarining ustunligi raqib darvozasiga ko'p gol kiritayotganliklarida hisoblanadi. "Dinamo"ning so'ngi o'yiniga etibor qaratsangiz, jamoa hisobni ushlash va imkon qadar gol o'tkazmaslik bo'yicha alohida uslub ustida ishlagandek. SHu sabab bugun "Neftchi" uchun gol urish oson bo'lmaydi.

-Bugungi o'yinda "Dinamo" shubhasiz ikkinchi raqamli jamoa sifatida o'ynaydi. Samarqandliklar himoyada mustahkam turgan xolda qarshi hujumda o'z imkoniyatlarini qidirishadi. "Neftchi" joriy mavsumda ko'proq hujumkor o'yin tarafdori ekanligi ko'rinib turibdi. SHu sabab bugun farg'onaliklar ko'proq hujum kutsa bo'ladi. Bu o'yinning taqdiri bitta golga bog'liq, yani "Dinamo" birinchi gol ursa qattiq yopiq himoya rejimiga o'tadi. Agar "Neftchi" birinchi bo'lib hisobni ochadigan bo'lsa unda samarqandliklar oldinga o'tishlari va shu orqali ochiq futbol ko'rishimiz mumkin. Bu tabiiy xolda farg'onaliklarga hujumda bo'sh xududlar taqdim etadi.

- Bugungi o'yinda "Neftchi"ning g'alabasini taxmin qilayapman.




Islombek Rustamov suhbatlashdi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика