"Neftchi": 21 iyun kuni “Nasaf”ga qarshi o'ynaymiz
19 iyu 2016 12:48
Yangiliklar
"Neftchi": 21 iyun kuni “Nasaf”ga qarshi o'ynaymiz
Xabaringiz bor, Andrey Fyodorov bosh murabbiyligidagi farg'onaliklar 21 iyun kuni o'z maydonlarida “Nasaf” jamoasi bilan bellashadilar. “Neftchi” hamda “Nasaf” jamoalarining Oliy ligadagi 39-uchrashuviga bo'lgan qiziqish xar doimgidek yuqori deb aytib o'tishimiz mumkin. Eslatib o'tamiz, mazkur o'yindan bir kun avval “Neftchi” – “Nasaf” o'rinbosarlari uchrashuvi bo'lib o'tadi. Ushbu bahs Qirgulidagi “Neftchi” SK stadionida 20 iyun, soat 18:00da start olishi reja qilingan.
Asosiy tarkib jamoalari esa “Istiqlol” stadionida o'zaro raqobat olib borishadi. Bahsning boshlanish vaqti soat 18:30ga belgilandi. Seshanba oqshomida bo'lib o'tadigan o'yinda “Neftchi” yashil-ko'k rangli sport liboslarida harakat qilsa, qarshiliklar oq rangdagi formada maydonga chiqishadi.
20 IYUN.
Qirguli. “Neftchi” SK stadioni. Soat 18:00.
Yoshlar ligasi. “Neftchi” – “Nasaf”
21 IYUN.
Farg'ona. “Istiqlol” stadioni. Soat: 18:30.
Oliy liga. “Neftchi” – “Nasaf”
Barcha futbol muxlislarini mazkur uchrashuvlarga chorlab qolamiz!
Fikrlar