Nedved: "Biz nafaqat futbolchi, balki erkak sifatida ham hurmat qozonganmiz"
10 okt 2016 15:51
Yangiliklar
Nedved: "Biz nafaqat futbolchi, balki erkak sifatida ham hurmat qozonganmiz"
Turinning "Yuventus" klubi sobiq futbolchisi Pavel Nedved jamoasining B Seriyaga tushirib yuborilganidan afsusda emasligini bildirdi.
- Bo'lib o'tgan voqealarni eslab hech ham afsuslanmayman. Biz o'z vaqtida B Seriyada o'ynab o'ziga xos tajriba to'plaganmiz. Muhimi, o'shanda nafaqat futbolchi, balki erkak sifatida ham odamlarning hurmatiga sazovor bo'lgandik.
Bizning og'ir damda "Yuventus"ni yolg'izlatib qo'ygamaganimiz nafaqat muxlislarimiz, balki boshqalar ham kerakligicha baholashgandi.
O'shanda tarkibimizdagi jahon chempionlari B Seriya maydonlarida javlon urishgandi. Biz hech narsaga qaramay borimizni berib "Yuventus" shanini himoya etganmiz.
Fikrlar