Pavel Solomin: "Eron bilan o'yinda "oltin" ochkoni qo'ldan boy bermaslik kerak"
24 mar 13:30
Yangiliklar
Pavel Solomin: "Eron bilan o'yinda "oltin" ochkoni qo'ldan boy bermaslik kerak"
Ertaga "oq bo'rilar" mehmonda Eron bilan kuch sinashadi. Mazkur o'yindagi g'alaba bizni mundial sari juda va juda yaqinlashtiradi. Bu bahs oldidan terma jamoa sobiq futbolchisi Pavel Solomin fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'zbekiston terma jamoasina butun vujudimiz, qalbimiz bilan muxlislik qilamiz. Tabiiyki, Eron bilan o'yinni katta intiqlik bilan kutmoqdamiz. Tom manoda Jahon chempionatiga chiqishga bir qadam qoldi.
Ishonchim komilki, imkoniyatlarimiz juda yaxshi holatda. Eron bilan o'yinda bundan foydalanishimiz va "oltin" ochkoni qo'lga kiritishimiz kerak. To'g'ri, oson bo'lmaydi. Raqib yaxshi jamoa, boz ustiga uyda o'ynaydi. Lekin terma jamoamizda mahoratli va malakali ijrochilar jamlangan. Ijobiy natija uchun bor kuchimizni ishga solishimiz lozim.
Qirg'iziston bilan o'yinda mahoratimiz yaqqol bilindi, barcha jabhalarda ustun bo'ldik. Jamoamiz bundan ham yaxshiroq o'yin ko'rsatishini va muddatidan avval Jahon chempionatiga chiqishini tilab qolaman", – deydi Pavel Solomin.

Malumot uchun, Solomin O'zbekiston MTJ libosida 2006-2008 yillar oralig'ida 15 ta o'yinda maydonga tushgan va 2 ta gol urgan. Forslar bilan uchrashuv esa ertaga 21:00 da start oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Сельта"га мағлуб бўлди, Гарсия ва Кассерас қизил карточка олди
Месси ўз рекордини янгилашда давом этмоқда
Алонсо кечаги мағлубиятдан сўнг ҳакамни кескин танқид қилди
"Олтин тўп" соҳиби Салоҳни танқид қилди
Fikrlar