So’nggi yangiliklar

11:45ЦСКА Файзуллаев учун тўлиқ тўловни кутмоқда  0 11:14Россия ЖЧ иштирокчиси Иордания терма жамоасига қарши ўртоқлик учрашуви ўтказади  4 10:40Саудия жамаолари МЮ тарбияланчисига 80 миллион евро тўлашга тайёр  2 10:03"Интер" тўпурар ҳужумчи билан шартнома имзолашга яқин  0 09:30Луис Диаснинг "Бавария"га ўтганидан сўнг ойлиги 4 бараварга ошди  5 08:57"Манчестер Сити" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  1 08:35Европанинг машҳур клуби Неймар билан шартнома имзоламоқчи  2 08:03Аутсайдерлар баҳсида "Сантос" ғалаба қозонди. Неймардан дубль  1 07:34Суперлига. Бугун Тошкентда ажойиб учрашув бўлиб ўтади  11 00:46Кушанашвили Валерий Карпиннинг ўзини тутиши ҳақида: "Бу мачо ўйини, у доимо журналистларга қўполлик қилади, ўзини ҳаммадан зукко деб ҳисоблайди"  0 00:20"Реал" Родригoни 80 миллион евродан камига сотмайди  3 23:32Эрон нашрлари Машарипов жароҳати жиддий деб ёзишмоқда. Футболчи бу саволга ўзи жавоб берди  15 23:24"Милан" ва "Ал Ҳилол" қизиқаётган Нуньес мавсумолди ўйинларида 5 та гол урди, у ўтган мавсум АПЛда шундай натижа қайд этган эди  0 23:04Ўртоқлик ўйини. "Ливерпуль" Ла Лига жамоасини таслим қилди, мухлислар 20-дақиқада Жота хотирасига бир дақиқа қарсак чалишди  0 22:15Шешко МЮга ўтишни хоҳлаяпти, аммо "Ньюкасл" вариантига ҳам қарши эмас  0

Nazorat uchrashuvi. "Neftchi" Qirgulida “Turon" bilan durang o'ynadi Yangiliklar

Nazorat uchrashuvi. "Neftchi" Qirgulida “Turon" bilan durang o'ynadi

Teglar :  NeftchiTuron
Superliga yangi mavsumiga tayyorgarlik olib borayotgan Farg'onaning "Neftchi” klubi bugun navbatdagi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

Qirgulidagi "Neftchi" sport majmuasi stadionida tashkil etilgan o'yinda Ilhom Mo'minjonov shogirdlariga Yaypanning "Turon" klubi raqiblik qildi.


- O'yinning 20-daqiqasida "Turon" qanot himoyachisi Abdug'ani Kamolovning jarima maydoni ichkarisidan yo'llagan zarbasi darvoza ustuniga tegib maydonga qaytdi.

- Birinchi bo'limning 27-daqiqasida yaypanliklar sardori Sardor Abduraimov darvozabon bilan birga-bir vaziyatda noaniq zarba yo'lladi.

- Uchrashuvning 30-daqiqasida "Neftchi"ning yosh hujumchisi Ulug'bek Hoshimovning kuchli zarbasini Nizomiddin Ziyovuddinov qaytarishga erishdi.

- 40-daqiqa. Abror Ismoilov uzoq masofadan yaypanliklar darvozasi tomon kuchli zarba yo'lladi, darvozabon to'pni egallab oldi.

- Birinchi bo'limning 44-daqiqasida Izzatillo Abdullaevning zarbasi darvoza to'siniga tegib maydonga qaytdi.

- 60-daqiqa. Sardor Abduraimov yaqin masofadan noaniq zarba yo'lladi, to'p darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi.

- Uchrashuvning 79-daqiqasida yaypanliklar himoyachisi Mirzohid Mirzamahmudovning jarimadan yo'llagan zarbasini “Neftchi" posboni qiyinchilik bilan qaytardi.

- 80-daqiqa. "Neftchi" legioneri Aleksandr Eshichning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi.

- Uchrashuvning 85-daqiqasida Sirojiddin Qo'zievning zarbasi yaypanliklar darvozasi ishg'ol etilishi bilan yakuniga etishi mumkin edi, bu vaziyatda to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi.

 - 90-daqiqa. Uchrashuvda bosh hakamning o'yin yakunlangani haqida hushtagi yangradi - 0:0..


Takidlash joiz, "Neftchi" - "Turon" uchrashuvini tomosha qilish uchun stadionga ko'plab futbol muxlislari tashrif buyurdi. Garchi o'yinda hisob ochilmagan bo'lsa-da, muxlislar qiziqarli va murosasiz ruhda o'tgan o'yin guvohiga aylandilar.


Nazorat uchrashuvi.

"Neftchi" - "Turon" 0:0

Qirguli. "Neftchi" sport majmuasi maydoni.

Hakamlar: Doston Mirzaraimov, SHoxruh Azamov, Sanjar Rahmonov.

"Neftchi": Mashhur Muhammadjonov, Husniddin G'ofurov, Daniel Stoykovich, Darko Stanoevich, Mirzohid G'ofurov, Lutfulla To'raev, Oybek Qilichev, Abror Ismoilov, Husniddin G'ofurov, Abdullaev, Ulug'bek Xoshimov.

Zaxira: Akbar To'raev, SHuhratillo Rahmonov, SHodiyor Xojimatov, Umar Adhamzoda, Muhsin Ubaydullaev, Aleksandr Eshich, Abdulloh Olimov, Sirojiddin Qo'ziev, Sunnatillo Abdullaev, Marko SHarich.

"Turon": Nizomiddin Ziyovutdinov, Xushnudbek Avilov, Marlen CHobanov, Mirzohid Mirzamahmudov, G'olibbek Sariboev, Azam Aliev, Sardor Abduraimov, Abdulazizxon Abdurashidov, Abdug'ani Kamolov, SHarif Rahmatov, Xumoyun Murtozaev.

Zaxira: Akmal Tursunboev, Mirzohid Jalilov, Jasurbek O'rinov, Boburjon Qosimov, Saidafzalxon Ahrorov, Siyovush Xabibulloev, Ismoiljon Oxunjonov, Doniyor Ismoilov, Abdulhay Ismoilov, Kim Bo Yong, Aziz Ibragimov.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика