So’nggi yangiliklar

02:32ЛаЛига. "Барселона" Мадридда дуранг ўйнади  23 01:42А Серия. "Интер" ўз майдонида ютқазди, "Лацио"дан йирик ғалаба  1 01:15АПЛ. Эмилиано Мартинес қайдномага киритилмаган ўйинда "Астон Вилла" ўз майдонида йирик ҳисобда ютқазди  0 00:52Давид Райя: "Янги тўплар эскисидан фарқ қилади"  2 00:14Бундеслига. "Боруссия" Д йирик ғалабага эришди  0 23:45А Серия. "Ювентус" 2-турда ҳам ғалабага эришди  4 23:30Абдуқодир Ҳусанов "CAFA Nations Cup" мусобақасида ўйнайдими?  3 23:08Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" ўз майдонида "Эйюпспор"ни мағлуб қила олмади  36 22:55"Севинч" тарих яратди ва ОЧЛга йўлланма олди!  5 22:40Пеп Гвардиола: "Балки Ҳусанов жароҳат олмаганида ютқазмаган бўлардик"  22 22:25АПЛ. "Ливерпуль" Собослаининг суперголи эвазига "Арсенал"ни мағлуб қилди  40 21:53"Манчестер Юнайтед" янги дарвозабони билан келишувга эришди  10 21:45АПЛ. "Брайтон" - "Манчестер Сити" 2:1  1 21:35Родри: "Мен Месси эмасман"  14 21:11"Арсенал" ҳар турда йўқотишларга учрамоқда  1

Amir To'raqulov: "Jamoa bo'lib harakat qildik va shu tufayli g'alabaga erisha oldik" Yangiliklar

Amir To'raqulov: "Jamoa bo'lib harakat qildik va shu tufayli g'alabaga erisha oldik"

Superliga 16-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Bunyodkor" (1:2) uchrashuvidan so'ng Toshkent klubining yosh yarim himoyachisi Amir To'raqulov o'yindan olgan taassurotlari, g'alabadan keyingi hissiyotlari va jamoaning tarkibdagi o'zgarishlarga qanday moslashayotgani haqida gapirdi.

- O'yin qanday o'tdi?

- O'yin chindan ham juda og'ir kechdi, taxminan shunday bo'lishini kutgandik. Birinchi bo'limda oson bo'lmadi - baribir yozgi tanaffusdan keyin o'yin ritmiga kirish kerak edi, o'yin tempi esa darhol yuqori bo'ldi. Ikkinchi bo'limga boshqacha kayfiyatda chiqdik, chunki uchrashuvda burilish yasashimiz mumkinligini tushundik.

- Nima deb o'ylaysiz, o'yindagi g'alabaning asosiy omili nima bo'ldi?

- Menimcha, almashtirishlar hal qiluvchi lahza bo'ldi. Ikkinchi bo'limda ko'pchilik bo'shashib bo'lgach, yangi futbolchilar maydonga tushib, jamoaga kuch qo'shishdi. Ular o'yinga yaxshi kirishib, bosimni kuchaytirishdi va raqibga qarshilik qilishga yordam berishdi. Ammo eng muhimi - biz bir jamoa bo'lib harakat qildik, maydonning har bir qismida bir-birimizni qo'llab-quvvatladik va menimcha, shu orqali g'alabaga erishdik.

- "Bunyodkor" so'nggi daqiqalarda g'alaba golini urganida - birinchi bo'lib nima xayolga keldi?

- Birinchisi - quvonch. Sof hissiyotlar. Shunday og'ir o'yin va shiddatli daqiqalardan keyin bu gol engillik va mukofot bo'ldi.

- Ilyos Zeytullaev o'yindan keyin kiyinish xonasida nima dedi?

- Murabbiy bunday murakkab o'yinni uddalashgani uchun barchaga minnatdorchilik bildirdi, jamoaning xarakterini takidladi. Darhol tayyorgarlikni davom ettirish kerakligini aytdi, chunki keyingi uchrashuv yanada qiyinroq bo'ladi.

- Birinchi davrada etakchilardan bo'lgan Hamrobekov va Kachorri ketganidan keyin jamoa qanday moslashmoqda?

- Albatta, jamoa uchun katta ahamiyatga ega bo'lgan muhim futbolchilar bilan xayrlashish oson emas. Ammo futbolda shunday bo'ladiki, kimdir ketadi, kimdir keladi. Biz uslubni saqlab qolishga va ularsiz ham shunday chiroyli o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz. Ishonchim komilki, ularning o'rnini to'ldirib, ikkinchi davrada yanada yaxshiroq o'ynay olamiz.

- Jamoa mavsumning qolgan qismida qanday maqsadlarni ko'zlagan?

- Hozir oldimizda aniq vazifalar yo'q. Biz o'yindan-o'yinga o'tib boramiz, har bir bahsda maksimal ochko olishga harakat qilamiz, mavsum yakunida esa kim qaysi o'rinda bo'lishi malum bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика