Nazorat uchrashuvi. "Nasaf" - "Navbahor" 2:1
11 iyu 2021 20:52
Yangiliklar
Nazorat uchrashuvi. "Nasaf" - "Navbahor" 2:1
Uchrashuv Toshkentdagi "To'qimachi" stadionida bo'lib o'tdi. Nazorat uchrashuvida "Nasaf" 2:1 hisobida zafar quchdi.
"Ajdarlar" har ikkala golni ham birinchi bo'limda kiritishdi. 19-daqiqada Jo'rabek Mannonovning jarima zarbasidan oshirib bergan to'pini G'olib G'aybullaev boshi bilan raqib darvozasiga joylab qo'ygan bo'lsa, 28-daqiqada Dilshod Saitovning o'ng qanotdan oshirib bergan to'pini SHohmalik Komilov namanganliklar darvozasiga joylab qo'ydi. Namanganliklarning yagona javob goliga 62-daqiqada Slavisha Stoyanovich mualliflik qildi.
Nazorat uchrashuvi.
"Nasaf" - "Navbahor"
Toshkent shahri. "To'qimachi" stadioni.
11.06.2021. 18:00
Gollar: G'olib G'aybullaev 19', SHohmalik Komilov 28', - Slavisha Stoyanovich 62'.
"Nasaf": 13. Azamat Soyibov, 5. G'olib G'aybullaev, 8. Dilshod Saitov, 15. Jo'rabek Mannonov, 19. Husayn Norchaev (3. Jafar Karimov 80'), 20. Suhrob Nurilloev (55. SHahzod Akramov 60'), 22 Akmal Mozgovoy (70. Abubakr-Rizo Turdialiev 46'), 28. Sardor Sadullaev (71. Jasur Jumaev 75'), 34. SHerzod Nasrullaev, 50. SHohmalik Komilov (88. Marko Stanoevich 46'), 41. Ukeme Uilyams (6. Murodbek Rahmatov 40').
Fikrlar