Navbat "Atletiko"ga. Madrid klubi ham futbolchilarning maoshini pasaytirmoqchi

Alisher
26 mar 2020, 14:23
"Matraschilar" moliyaviy yo'qotishlarni kamaytirishmoqchi.

"Atletiko" koronavirus epidemiyasi tufayli o'yinchilarning maoshini pasaytirmoqchi.

Tez orada klub rahbariyati futbolchilar bilan uchrashmoqchi va gaplashib olmoqchi.

Gap La Ligada yuzaga kelgan tanaffus tufayli ish haqini pasayishi bo'yicha boradi. Oldinroq, "Yuventus" va "Barselona" klublarida ham shunday holat kuzatilgan edi.

Eslatib o'tamiz, "Atletiko" CHLda "Liverpul" (4:2)ni mag'lubiyatga uchratdi, ammo La Ligada ishlar yaxshi emas, klub 27 turdan so'ng 45 ochko jamg'argan holda jadvalning 6-pog'onasida bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca