So’nggi yangiliklar

20:15Эшитдик-да! "Навбаҳор"нинг асосий футболчиси легионерга айланиши мумкин  9 20:04Париж-2024. Ҳар бир терма жамоадаги катта ёшли футболчилар  5 19:49Ван Дейк NBA афсонаси Леброн Жеймс билан суратга тушди  3 19:21"Комо" Бонавентурани сотиб олмоқчи  1 19:05Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон – Тожикистон (онлайн ҳисоб)  0 18:53Mirabror Usmanov Cup-2024. Қирғиз Республикаси илк учрашувда Гватемаладан устун келди  2 18:32Сергей Лушчан "Навбаҳор" билан шартнома имзолади   17 18:19"Монако" клуб 100 йиллигига аталган сафар либосини тақдим этди  2 17:53"Мбаппе эффекти": Ҳоланд "Реал"га эмас, "Барселона"га ўтмоқчи  13 17:28"Милан" "Монако" ярим ҳимоячиси бўйича таклиф билан чиқди  0 17:00ПСЖ Угарте учун 70 млн евро хоҳламоқда  0 16:36Расман: Мората – "Милан" футболчиси!  3 16:20"Бухоро"нинг 3 нафар футболчиси жамоадан кетди  1 15:53Сержи Роберто фаолиятини АПЛда давом эттирмоқчи  3 15:29Нико Уильямс "Барселона"да қанча маош олиши маълум  6

"Navbahor" yangi mavsumga qay darajada tayyorgarlik ko'rdi: klub OCHLni tark etdi, lekin terma jamoa futbolchilari bilan kuchaydi (mutolaa uchun) Yangiliklar

"Navbahor" yangi mavsumga qay darajada tayyorgarlik ko'rdi: klub OCHLni tark etdi, lekin terma jamoa futbolchilari bilan kuchaydi (mutolaa uchun)

Championat.Asia sayti Superliganing yangi mavsumi oldidan klublarning tayyorgarligi to'g'risida so'z yuritadi.

Tarkib va transferlar

Mavsum yakuniga etgach, "Navbahor"ni bir qancha etakchilar tark etdi. Jumladan, jamoa etakchi va to'purarlaridan biri Oston O'runov Eronga yo'l oldi. Yarim himoyachi o'tgan mavsum Superligada 9 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. SHuningdek, Osiyo CHempionlar ligasida 3, O'zbekiston kubogida yana 2 golni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Uning o'rnini Rossiyaning "Pari NN" klubidan bir yilga ijaraga olingan Ruslan Jiyanov to'ldiradi.

Temirxo'ja Abduxoliqov esa "Bunyodkor" safiga qo'shildi. 32 yoshli hujumchi o'tgan mavsumning katta qismini asosiy tarkibda boshladi. Garchand u Superligada atigi 3 ta gol urganiga qaramay, sheriklariga 7 ta golli uzatmani amalga oshirishdi. Uning o'rniga esa o'tgan mavsumning ikkinchi yarmida "Navbahor"ga o'tgan Tabatadze o'rniga "Neftchi" tarkibini to'ldirgan Giorgiy Nikabadze xarid qilindi. Gruziyalik hujumchi Superligada 12 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urishga erishdi.

Asosiy tarkib o'yinchilaridan yana biri — chernogoriyalik himoyachi Milosh Milovich Xitoy Superligasida ishtirok etuvchi "Cindao Junnen" klubi bilan shartnoma tuzdi. 2023 yilda Milovich "Navbahor" tarkibida barcha musobaqalarda jami 32 ta o'yinda maydonga tushgandi. 

Yana bir asosiy mudofaa vakillaridan biri Igor Golban "Nasaf"ga qaytdi. 33 yoshli futbolchi o'tgan mavsumni to'laqonli ravishda asosiy tarkibda o'tkazgandi.

SHuningdek, SHahboz Jo'rabekov, Luka CHermel, Davron Hoshimov singari himoyachilar ham namanganliklar bilan xayrlashdi. "Lochinlar" orqa chiziq vakillaridan faqatgina O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Farruh Sayfiev bilan bitim tuzdi.

Bundan tashqari, klubni birinchi davrada ishonchli o'yin namoyish etib, ikkinchi yarmida kelishmovchilikka borgan Jasur Yaxshiboev, yozda "Bunyodkor"dan kelib qo'shilgan Doniyor Abdumannopov, birorta o'yinda imkoniyat taqdim etilmagan mashhur darvozabon Ignatiy Nesterov tark etdi.

Biroq tarkibga yana bir qator nomdor o'yinchilar jalb etildi. Jumladan, "Paxtakor"dan Sayfievdan tashqari Odil Hamrobekov, OKMKning eronlik yarim himoyachisi Siyavash Haqnazariy, "Metallurg" posboni Aleksandr Lobanov hamda "Lokomotiv" yarim himoyachisi Nurmuhammad Toshpo'latov yangi mavsumda "Navbahor" sharafini himoya qiladi.

Namangan jamoasi o'yinchilari ichki chempionatda quyidagi raqamlar ostida maydonga tushishadi:

O'tkir Yusupov - 1, Aleksandr Lobanov - 12, Ozodbek Marupov - 41, Alijon Alijonov – 5, Ibrohim Yo'ldoshev - 6, Azimjon Ahmedov - 7, Siyavash Haqnazari - 8, Odilbek Hamrobekov - 9, Jamshid Iskanderov - 10, Asadbek Sobirjonov – 11, Filip Ivanovich – 13,  Jamshid Boltaboev - 14, Ruslanbek Jiyanov - 17, SHerzodbek Abdulboriev – 19, Giorgi Nikabadze - 21, Toma Tabatadze - 22, Yovan Jokich - 23, Dostonbek Abdulhaev - 24, Navro'zbek Iminjonov - 25, Ozodbek O'ktamov - 27, SHodiyor SHodiboev-33, Farrux Sayfiev - 34, Abrorbek Ismoilov – 77, Nurmuhammad Toshpo'latov – 88.

Bundan tashqari, "Navbahor" bilan Turkiyadagi yig'inda ishtirok etgan "Olimpik" futbolchilari Alisher Odilov hamda Saidazamat Mirsaidov Parij Olimpiadasi saralash bosqichiga tayyorgarlik rejasi doirasida klub ixtiyoriga qaytarildi.

Qolaversa, asosiy tarkibning muhim figuralaridan hisoblangan Jamshid Iskanderov, O'tkir Yusupov hamda Yovan Jokich bilan shartnoma uzaytirildi.

Rahbariyat va murabbiylar shtabidagi o'zgarishlar

“Navbahor” murabbiylar shtabida deyarli o'zgarish bo'lgani yo'q. Yil boshida “Navbahor-U-21” jamoasiga bungacha “Paxtakor” klubi hamda O'zbekiston yoshlar terma jamoasida faoliyat yuritgan Dmitriy An murabbiy etib tayinlandi.

Qishki yig'indagi natijalar

3 yanvar kuni Toshkentda jamlangan jamoa azolari 5 yanvar kuni Antaliyaga yo'l oldi va 6 fevral kuniga qadar o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazdi. Nazorat uchrashuvlarida quyidagi natijalar qayd etildi. 

"Orenburg" - "Navbahor" 2:2

Gollar: Kaplenko 90, Proxin 90+ — Yo'ldoshev 42’, Tabatadze 62’


"Navbahor" — "Mauense" 2:0

Gollar: Siyavash Haqnazari va Ruslanbek Jiyanov

VIDEO

"Kuban"  — "Navbahor"  1:0

"Gelaksi" - "Navbahor" 5:0

Gollar: Mojela, Rakvena, Mbatxa, Vidal, Nurkovich (penaltidan)

"Navbahor" — "Spartak" (Varna) 1:2

Gol: Azim Ahmedov

"Navbahor" — "Qiziljar" 1:2

Gol: Azim Ahmedov 

Osiyo CHempionlar ligasi

Qita turnirining 1/8 finalida "Navbahor" Karim Benzema, Abdulrrazzoq Hamdallah, Ngolo Kante, Fabino kabi dunyo yulduzlarini tarkibida mujassam etgan Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" klubiga munosib qarshilik ko'rsatdi. O'z maydonida 0:0 hisobida durang o'ynagan vodiy klubi safarda so'nggi daqiqalarda o'tkazib yuborilgan gol tufayli 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Yangi mavsumda "Navbahor" xalqaro musobaqalarda ishtirok etmaydi.

Qo'shimcha malumot

"Navbahor" bir qator etakchi o'yinchilarni tarkibga qo'shib olganiga qaramay, ularni PFL ro'yxatidan o'tkaza olmasligi mumkin edi. Gap shundaki, o'tgan yilning dekabr oyida O'FA Futbolchilar maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mitasi "Navbahor", "Mashal", "Yangier" futbol klublariga futbolchi va murabbiylar oldida yuzaga kelgan qarzdorlikni bartaraf etish bo'yicha muddat belgilagandi. Namanganliklar Xurshid Xo'jaev va Rustam Ashurmatov oldidagi qarzlarini to'lagan. Biroq keyinroq Oston O'runov va “lochinlar”ning yordamchi murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy O'zbekiston futbol associaciyasiga qarzdorlik bo'yicha murojaat qilishgan. SHuningdek, klubning futzal, ayollar, farm jamoasi hamda PFLdan ham qarzi mavjudligi aniqlandi.

21 fevral kuni esa PFL "Navbahor" klubiga istisno bilan yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishga ruxsat berdi.

Jamoa qaysi brend liboslaridan foydalanadi?

Bir necha yil davomida “Adidas” brendini kiygan “Navbahor” 2024 yilgi mavsumda “7SABER” brendining mahsulotlaridan foydalanadi. 

Superligadagi imkoniyatlar

"Navbahor" klubining yangi mavsumda kamida kuchlikdan joy olish imkoniyati yuqori. Bunga bir nechta sabablar mavjud. Birinchidan, jamoa oxirgi ikki yilda kuchli uchlikdan o'rin oldi. Ikkinchidan, tarkib kuchsizlangani yo'q. Aksincha, bir necha yillik chempionlik tajribasiga ega "Paxtakor" futbolchilari jalb etildi. Bu esa chempionlik uchun kurash ehtimolini oshiradi. Qolaversa, murabbiy Samvel Babayanda chempionlik uchun kurashish tajribasi etarlicha. 

Boshqa tarafdan, jamoa birinchi davrada bir qator muammolarga duch kelishi mumkin. Malumki, Babayan tajribali o'yinchilarga ko'proq tayanadi va ulardan o'yin davomida maksimal foydalanib, zaxira kuchlarini kech tashlaydi, bazida umuman foydalanmaydi. Bu esa zaxiradagi futbolchilar (ayniqsa, yoshlar)ning o'yin amaliyotisiz qolib ketishi, ulardan foydalanishga to'g'ri kelib qolganida, etarli effektni hosil qila olmasligi mumkin. 

Yangi mavsum "Navbahor"ning asosiy tarkibi taxminan shunday ko'rinish oladi: O'tkir Yusupov, Odil Hamrobekov, Jamshid Iskanderov, Ruslan Jiyanov, Filip Ivanovich,  Jamshid Boltaboev, Abror Ismoilov, Yovan Jokich, Farruh Sayfiev, Asadbek Sobirjonov, Toma Tabatadze.

Endi esa zaxira kuchlarini ko'rib chiqamiz: Aleksandr Lobanov, Azim Ahmedov, Ibrohim Yo'ldoshev, SHodiyor SHodiboev, Giorgi Nikabadze, Dostonbek Abdulhaev, Alijon Alijonov, Nurmuhammad Toshpo'latov, Ozodbek O'ktamov, Siyavash Haqnazari, SHerzodbek Abdulboriev, Navro'zbek Iminjonov.

Bular orasidan Azim Ahmedov, Ibrohim Yo'ldoshev, Giorgi Nikabadze va Siyavash Haqnazariga nisbatan ko'proq imkoniyat berilsa kerak. Qolganlar esa vaziyat qarab maydonga tushirilishi mumkin. Yani namanganliklarning zaxirasini ham asosiy tarkib singari qudratga ega deb bo'lmaydi. Mabodo asosiy tarkib o'yinchilaridan kimdir jarohatga yo'liqsa yoki diskvalifikaciyaga uchrasa, bu natijalarga tasirini o'tkazishi mumkin. Ayniqsa, klubni ko'pgina etakchi himoyachilar tark etdi va ular o'rni etarlicha to'ldirilmadi. Zaxiradagi boshqa o'yinchilarga ham imkoniyat taqdim etilmasa, bu jamoaga keyinchalik pand berishi mumkin.

Jamoani chempionatda qanday start kutmoqda?

2024 yilgi Superliga "Navbahor" uchun nisbatan engilroq start oladi. Namanganliklar chempionatni 1 mart kuni o'z muxlislari qarshisida "Dinamo"ga qarshi o'yin bilan boshlaydi. Samarqandliklarning Pro ligadan elitaga yo'l olganini ham inobatga oladigan bo'lsak, mezbonlarning 3 ochko qo'lga kiritish imkoniyati yuqoriroq. Qolaversa, jamoa 2-turni ham o'z maydonida, Olmaliqning OKMK klubiga qarshi o'tkazadi. SHuningdek, "lochinlar" "Bunyodkor" va "Surxon"dan keyingina jiddiy raqib — "Nasaf"ga ro'baro' keladi.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика