So’nggi yangiliklar

13:40Мақсад U-23 Осиё кубогини ютишми ёки Олимпиадага чиқиш?   0 13:20Кичик Пеледан Марадона Жуниоргача: яшил майдонда омади чопмаган фарзандлар  0 12:55Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақасида Малайзия ўрнини эгаллайди  3 12:37Футбол фахрийси Гурам Дараселия вафот этди  2 12:32"Металлург" – сокинлик бағридаги юбилей  3 12:03Расман: "Бунёдкор" легионер ҳужумчи трансферини эълон қилди  2 11:45Муҳаммадали Усмонов: "Андижон" мухлисларининг бундай илиқ кутиб олиши бошқача қувонч ва хурсандчилик бағишлади"  1 11:22"Бу рассомни Ван Гог билан солиштиришга ўхшайди". Гвардиола Месси ва Ямаль ҳақида  4 10:54Санчо учинчи марта "Боруссия"га қайтиши мумкин  0 10:26"Пахтакор" ва "Бунёдкор" собиқ ҳужумчиси фаолиятини "Шўртан"да давом эттириши мумкин  7 09:55Жоау Феликснинг "Ал Насср"даги маоши маълум  1 09:28"Пахтакор" ҳимоячиси фаолиятини "Динамо" ёки "Сўғдиёна"да давом эттириши мумкин  3 09:01Абдуқодир Ҳусанов янги мавсумга тайёргарлик кўриш учун "Манчестер Сити" ихтиёрига қайтди  5 08:34"Сурхон" ва "Андижон" ўзаро футболчи алишишди. Шунингдек, "бургутлар" "шерлар"дан футболчи ижарага олади  2 08:05"Шўртан" яна бир собиқ "Олимпик" футболчиси билан шартнома имзолади  1

"Navbahor" va "Nasaf"ning natijalari tahsinga loyiq. "Paxtakor"da imkoniyat o'z qo'lida edi" - o'zbek klublarining OCHLdagi ishtiroki mutaxassis nigohida Yangiliklar

"Navbahor" va "Nasaf"ning natijalari tahsinga loyiq. "Paxtakor"da imkoniyat o'z qo'lida edi" - o'zbek klublarining OCHLdagi ishtiroki mutaxassis nigohida

Ushbu haftada OCHL guruh bosqichi uchrashuvlari yakuniga etib, pley-offga chiqqan jamoalar malum bo'ldi.

Yakuniy natijalarga ko'ra, O'zbekistondan "Navbahor" va "Nasaf" keyingi bosqichga yo'llanma oldi. OKMK va "Paxtakor" musobaqa bilan xayrlashdi. Endilikda keyingi mavsumda "sherlar" yangi tashkil etilgan Elit ligada ishtirok etsa, "Nasaf" OCHLda o'ynaydi. Mazkur mavzular yuzasidan tajribali mutaxassis Ulug'bek Mirzaevning fikrlari bilan qiziqdik. 

- Oxirgi marotaba 2010 yil O'zbekistondan ikki klub guruhdan chiqish vazifasini bajargan. Bu yil 4 ta klubimiz OCHLda qanday taassurot qoldirdi?

- Umumiy qilib aytganda, OCHLda klublarimiz o'zbekistonlik muxlislarga xursandchilik keltirdi. "Nasaf"ning guruhda birinchi o'rinni, "Navbahor"ning eng yaxshi ikkinchi o'rinni egallashi yoki "Paxtakor"da oxirgi turgacha imkoniyatni saqlab qolganini aytish mumkin. "Paxtakor" g'alaba qozonganida eng yaxshi ikkinchi o'rin bilan guruhdan chiqar edi. Osiyoda Saudiya Arabistonidan keyin O'zbekistondan 2 ta jamoamizning pley-offga yo'llanma olgani yaxshi natija bo'ldi. To'g'ri, OKMKning ishtiroki ko'p muxlislarni xafa qildi. Nima ham deymiz, bu – futbol. Oldin ham 2 ta jamoamiz bunday natijani qayd etgan, lekin tarixda ilk bor ikki viloyat jamoasi guruhda muvaffaqiyatli qatnashdi. "Nasaf" va "Navbahor"ning ko'rsatkichlari tahsinga loyiq. Qurada omad ham "Navbahor"ga kulib boqqanini ko'rdik. "Nassaji Mozandaron" va "Mumbay Siti" "lochinlar"ga qarshilik ko'rsata olishgani yo'q. OKMK "Al Ittihod" va "Sepaxon" kabi kuchli raqiblar bilan to'qnash keldi. Odatda Iroq chempionatini kuchli deb o'ylamaymiz, lekin "Eyr Fors" o'z kuchini ko'rsatdi. "Paxtakor"da barchasi o'z qo'lida edi. SHunga qaramasdan, 2 ta klubimizning keyingi bosqichga chiqqanini muvaffaqiyatli deyish mumkin. 

- Qaysi klubimiz kutilganidanda yaxshi qatnashdi? OCHLning kuz-bahor tizimiga o'tgani o'z tasirini o'tkazdimi?

- "Nasaf" guruhda "Al Sadd", "SHarja"ni ortda qoldirib, birinchi o'rinni olgani, "Al Faysali" so'nggi turda "SHarja"ni yutib, "Nasaf"ga yordam berib yuborganini hisobga olsak, kutilganidan yaxshi ishtirok etdi. "Navbahor" haqli ravishda ikkinchi o'rinni oldi. Kuz-bahor tizimiga o'tgani jamoalarimizga yordam berdi. Raqib jamoalari hali formaga kirib olmagan bo'lsa, mavsum oxiriga kelib bizda taqvim zich bo'lib ketdi. Futbolchilar Superliga, O'zbekiston Kubogi, terma jamoa o'yinlari, OCHLda juda ko'p uchrashuvlar o'tkazishdi. Bu tomondan ularga og'ir bo'ldi. SHuning uchun kuz-bahor tizimida keyingi mavsumda turlar kamaytirilsa, jamoalarimizga engilroq bo'lar edi. 

- Mutaxassis sifatida ayting-chi, xalqaro o'yinlarda klublarimiz ko'proq qaysi faktorlarda raqiblardan ortda qoldi?

- O'yin tomonlama ortda qolgani yo'q, biroq ko'rgan bo'lsangiz, boy arab jamoalari O'zbekistonga charter reys bilan etib keldi. Jamoalarimiz esa boshqa mamlakatga tranzit orqali etib borishga majbur bo'lishdi. Bu jarayon futbolchilarni ancha toliqtirdi. Zich taqvimdan tashqari ular yo'l azobi bilan ham kurashishdi. Arab jamoalarida legionerlarining kuchliligi yana bir muhim faktor bo'ldi. Legionerlar ko'p holatlarda o'yinni hal qilib ketishdi. Mana shu ikki narsa xalqaro maydonda ko'zga tashlandi. 

- Keyingi yildan yangi tashkil etilgan Elit liga haqida fikringiz qanday?

- OCHLning ikkita turnirga bo'linishi tijorat nuqtai nazaridan amalga oshirilayotganini barcha bilib turibdi. Ko'ryapsizki, Saudiya Arabistoni jamoalari ECHLda qatnashishni ko'zlamoqda. 2034 yilgi Jahon chempionati oldidan katta investiciya jalb qilmoqda. Kerak bo'lsa, APL jamoalaridan futbolchi tortib olyapti. Bu arab davlatlari vakillarining tashabbusi deb o'ylayman. Krishtianu Ronaldu, Karim Benzema jamoalari ishtirokidagi o'yinlarni ko'paytirib, translyaciya, reklama, muxlislardan futbolga daromad keltirishni o'ylashmoqda. Mukofot puli ham OCHLnikidan kattaroq. Ikkinchi CHempionlar Ligasida mamlakatimiz sharafini "Nasaf" himoya qiladi. O'ylaymanki, "Nasaf"da muvaffaqiyatli qatnashish uchun imkoniyat ko'proq bo'ladi. Elit turnir katta ehtiroslar ostida o'tsa kerak. Kuchli jamoalar bir-biriga to'qnash keladi. Ikkinchi OCHL ham bundan kam ruhda o'tmaydi. O'zbek jamoalari ikkisida ham munosib qatnashishadi. Buning uchun jamoalarimiz, ayniqsa, "Paxtakor" tarkibni kuchaytirishi kerak. Elit ligada "Ahal"dek jamoalar emas, Osiyo grandlari bo'ladi.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика