"Navbahor" safarda ketma-ket 10ta o'yinda mag'lub bo'ldi
28 avg 2016 14:32
Yangiliklar
"Navbahor" safarda ketma-ket 10ta o'yinda mag'lub bo'ldi
Oliy liganing 20-turida "Navbahor" klubi G'uzorda "SHo'rtan" mehmoni bo'lib 2:3 hisobida mag'lub bo'ldi.
SHunday qilib, "lochinlar" bu mavsum safardagi 9-uchrashuvda 9-marta mag'lub bo'lishdi. Hozirga kelib safarda faqatgina "Navbahor" umuman ochko ololmagan. Qolgan barcha klublar safardagi o'yinlarda kamida 3 ochkoni qo'lga kiritishgan.
"Navbahor" so'nggi bor oliy ligada safarda 2015 yilning 26 oktyabr sanasida Buxoorda g'olib bo'lgan. SHundan keyin raqib maydonidagi ketma-ket 10ta o'yinda Namangan klubi 10 bor mag'lub bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
22:13
La Liga. "Real" o'z uyida "Las-Palmas"ni mag'lub etib, jadvalda birinchi o'ringa chiqib oldi 111
Fikrlar