"Navbahor" ko'rigida ishtirok etgan ukrainalik hujumchi Tojikiston klubida
14 fev 2021 22:17
Yangiliklar


"Navbahor" ko'rigida ishtirok etgan ukrainalik hujumchi Tojikiston klubida
Ukraina terma jamoasining sobiq hujumchisi Yuriy Kolomoec Dushanbening "Istiqlol" klubi o'quv-mashg'ulot yig'inlariga borib qo'shildi.
Mazkur futbolchi 28 yanvar kuni Namanganning "Navbahor" jamoasi ko'rigida bo'lib turgani haqida xabar berilgan edi.
Malumot uchun, Yuriy Kolomoec 1990 yilning 22 martida Ukrainaning Krivoy Rog shahrida tug'ilgan.
Futbolchilik faoliyati davomida Ukrainaning “Krivbass” (Krivoy Rog, 2007 - 2010 yillar), “Neftyanik - Ukrneft” (Axtirka, 2008 yil), “Gornyak” (Krivoy Rog, 2010 - 2012 yillar), “Aleksandriya” (Aleksandriya, 2013-2015 yillar), “Vorskla” (Poltava, 2016, 2017 -2019 yillar), Vengriyaning MTK (Budapesht, 2017 yil) jamoalarida to'p surgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar