So’nggi yangiliklar

02:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Флуминенсе" "Ал Ҳилол"ни мағлуб қилиб, ярим финалга йўл олди!  18 01:50Кайл Уокер "Бернли"га ўтишга яқин  2 01:23"Комо" 19 ёшли ҳужумчи учун 14 миллион тўлади  0 00:57Расман: "Ювентус" "Лилль" тарихидаги энг яхши тўпурар билан шартнома имзолади  0 00:40"Манчестер Юнайтед"да 10-рақамнинг эгаси аниқ. У Рэшфорд эмас  2 00:02Иван Бошкович: "Биринчи даврада футболчиларим ўз даражасини намойиш қилди, бироқ бизга омад етишмади"  0 23:43Баҳром Ҳайдаров: "Рақиб жарима майдончаси атрофига борганда футбочлиларимизга совуққонлик ва маҳорат етишмаяпти"  4 23:21Февзи Давлетов: "ОКМК билан баҳсда кўп куч ва эмоция йўқотдик, бу ўйинга кучли руҳлана олмадик"  0 22:57Улуғбек Бакаев: "Бундай иссиқ об-ҳавода дуранг биз учун қониқарли бўлди"  3 22:42"Бешиктош" Иммобиле билан шартномани бекор қилди  3 21:58Суперлига. "Қўқон-1912"нинг ғалабасиз серияси давом этади, бу сафар жамоа Жиззахда "Сўғдиёна"га енгилди  8 21:55Суперлига. "Сурхон" - "Бухоро" учрашувида ғолиб аниқланмади  9 21:15Филиппе Коутиньо расман "Васко да Гама" футболчисига айланди  2 20:58"Манчестер Юнайтед"да янги тўлқин: беш футболчи клубни тарк этиш ниятида — Романо  5 19:49Аарон Рэмзи фаолиятини Мексикада давом эттиради  0

"Navbahor" ikki kunlik tatildan oldin durang o'ynadi Yangiliklar

"Navbahor" ikki kunlik tatildan oldin durang o'ynadi

Teglar :  BuxoroNavbahor
Bundan bir necha daqiqa oldin “Bunyodkor” futbol klubi akademiyasiga qarshi o'yingohda “Navbahor” va “Buxoro” jamoalari o'rtasidagi nazorat uchrashuvi yakunlandi.

O'zaro qarama-qarshilikda kuchlar teng keldi – 1:1. O'yin boshlarida buxoroliklar Vladimir Boenkoning aniq zarbasidan so'ng hisobni ochishga erishishgandi. SHundan so'ng futbolchilarimiz hisobni tenglashtirish uchun bir qator imkoniyatlarni yuzaga keltirishdi. Uchrashuv yakunlanishiga oz vaqt qolganida Ro'zimboy Ahmedov raqib darvozasiga belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, bahsni durang bilan tugashiga zamin yaratdi. 11 metrlik jarima zarbasi to'p “Buxoro” himoyachisining qo'liga tekkanligi uchun belgilangandi.

"Navbahor" uchrashuvni quyidagi tarkibda o'tkazdi: Asilbek Amonov, Alisher Samatov, Abbos Otaxonov, Jahongir Mehmonov, Tohir SHamsitdinov, Mirzohid G'ofurov, Oybek Qilichev, Azam Aliev, Dilshod Jabborov, Mansur Saidov, Nemanya Yovanovich.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Akmal Ortiqov, Ro'zimboy Ahmedov, Ravshan Xursanov, Azizbek Turg'unboev, Abduaziz Sultanov, Ilhom Boydedaev Alisher Mirzaev, Timur Tolipov, Ilhom Aliboev.

"Buxoro”: Muxiddin Xudoyorov, Vladimir Baenko, Mirjalol Jumaev, Ergash Ismoilov, Elbek Ravshanov, Robbim Hasanov, Suxrob Nematov, Sanat SHixov, Zohir Pirimov, Alisher SHog'ulomov, Bahriddin Vahobov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Erkin Jabborov, Bobir Amonov, Ravshan Yangiev, Mirfayz Muxiddinov, Nozim Umurov, Elshod Dilmurodov, Javohir Qahramonov.

Uchrashuv yakuniga etgach, "Navbahor" azolariga ikki kunlik tatil elon qilindi. Futbolchilarimiz 17 fevral kuni yana Toshkentda to'planib, 10 kunlik mashg'ulotlarda qatnashishgach, Namanganga qaytishadi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика