“Navbahor” bugun Serbiya klubi bilan o'ynaydi
01 fev 2020 09:26
Yangiliklar


“Navbahor” bugun Serbiya klubi bilan o'ynaydi
Ayni paytda o'z o'quv-mashg'ulot yig'inini Turkiyaning Belek shahrida o'tkazayotgan Namanganning “Navbahor” jamoasi mazkur yig'in doirasidagi ikkinchi nazorat-sinov bahsini bugun Serbiyaning “Rad” (Belgrad) klubiga qarshi o'tkazadi.
Mazkur jamoa Serbiya Superligasi vakili hisoblanadi.
“Navbahor” – “Rad” klublari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi bugun Antaliya shahrida Toshkent vaqti bilan 19:30 boshlanadi.
Eslatib o'tamiz, Turkiyadagi ilk nazorat bahsini Andrey Kanchelskis shogirdlari Turkmanistonning “Axal” jamoasiga qarshi o'tkazib, 1:0 hisobida g'alaba qozonishgandi.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar