"Navbahor" bugun “Dinamo” bilan o'ynaydi
12 fev 2017 08:03
Yangiliklar
Futbolchilar kuniga ikki mahaldan tashkil etilayotgan mashg'ulotlarda qatnashishmoqda. Kuning birinchi yarmida asosiy etibor jismoniy tayyorgarlikni oshirishga qaratilmoqda. Kechki mashg'ulotlar esa Qibraydagi o'quv-mashg'ulot bazasida tashkil etilmoqda. Tabiiy chim bilan qoplangan maydondagi mashg'ulotlarda jamoa azolari ko'proq to'p bilan ishlashmoqda.
Xabaringiz borki, jamoa nazorat o'yinlarida ham maydonga tushib, o'yin amaliyotini shakllantirib bormoqda. Bugun navbatdagi nazorat uchrashuvi o'tkaziladi. Bu safar "Navbahor"ga bir yillik tanaffusdan keyin yana oliy ligaga qaytgan Samarqandning “Dinamo” klubi raqiblik qiladi. Samarqandliklarga qarshi o'yin 12 fevral kuni soat 11.00d “Oq-tepa” o'yingohida boshlanadi.
Fikrlar