So’nggi yangiliklar

12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  1 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  1 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  3 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  5 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  7 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  5 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  12 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  3 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  10 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  11

"Navbahor" 4-o'rin sohibiga aylangan Osiyo kubok egalari kubogini yodga olamiz Yangiliklar

"Navbahor" 4-o'rin sohibiga aylangan Osiyo kubok egalari kubogini yodga olamiz

1999/2000 yilgi mavsum O'zbekiston sharafini Namanganing "Navbahor" klubi himoya qilgan.

Osiyo kubok egalari kubogi Osiyo futbol konfederaciyasi (OFK) tomonidan tashkil etilib, 1990 yildan 2002 yilga qadar o'tkazilgan va unda o'z mamlakatida kubogini qo'lga kiritgan klublar ishtirok etishgan. 

O'zbekiston klublari ichida ushbu turnirdagi eng yaxshi natijani Namanganning "Navbahor" klubi qo'lga kiritgan bo'lib, "lochinlar" 1999/2000 yilgi mavsum to'rtinchi o'rinni egallagan. Hozirda Osiyo CHempionlar ligasi nimchorak finalida ishtirok etayotgan klubning narixiy natijasini yodga olamiz.

1998 yil O'zbekiston kubogini qo'lga kiritgan "Navbahor" kelgusi yil musobaqada mamlakat sharafini himoya qildi. 22 jamoa g'arbiy va sharqin zonaga bo'lingan holda kurash olib borgan turnirni namanganliklar ikkinchi bosqichdan boshladi. 

Birinchi bosqich g'arbiy minataqada ikki o'yin natijasiga ko'ra quyidagi hisoblar qayd etildi:

"Istiqlol" (Eron) 15:0 "Homenmen" (Livan)

"Al Arabi" (Kuvayt) -/+ "Al Zavra" (Iroq)

"Al Ittihod" (Yaman) 1:4 "Al Rayyan" (Qatar)

"Al Jaish" (Suriya) 2*:2 "Al Ayn" (BAA)

"Qaysar" (Qozog'iston) 3:3 (p. 4:3) "Xo'jand" (Tojikiston) (Mazkur bahsni o'zbekistonlik hakam Rashid Aytekov boshqarib borgan).

"Al Ahli", "Al Ittihod" (ikkalasi ham Saudiya Arabistoni), "Navbahor" (O'zbekiston) keyingi bosqichdan ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.

*Mehmonda urilgan gollar evaziga "Al Jaish" keyingi bosqichga yo'l oldi.

Ikkinchi bosqichda Qozog'istonning "Qaysar" klubi bilan to'qnash kelgan "Navbahor" dastlabki uchrashuvda 2:2 hisobida durang o'ynadi. Javob o'yinida esa 1:0 hisobida ustun keldi.

"Qaysar" 2:2 "Navbahor"
19.11.1999. Qizilo'rda, G.Muratbaev nomidagi stadion. 1 500 tomoshabni.
Hakam: Maykl Endryus (Hindiston)

Gollar: Sarsenov, 37 (1:0), X.Karimov, 39 (1:1), Kicak, 51 (2:1), R.Do'rmonov, 57 (2:2)

"Navbahor" 1:0 "Qaysar"
3.12.1999. Namangan, "Markaziy" stadioni. 15 000 tomoshabin.
Hakam: Jassim Al Xori (Qatar)

Gol: R.Do'rmonov, 79 (1:0) 

SHuningdek, g'arbiy mintaqada ikki o'yin natijasiga ko'ra "Al Ittihod" "Istiqlol"ni 2:1, "Al Zavra" "Al Rayyan"ni 5:4, "Al Ahli" "Al Jaish"ni 3:0 hisoblarida mag'lubi etdi.

CHorak finalda esa "Navbahor" Saudiya Arabistonining "Al Ahli" klubi bilan to'qnash kelgan. Ilk o'yinda arablar 6:1 hisobida ustun kelgan, javob uchrashuvi 2:0 hisobida Viktor Jalilov shogirdlari foydasiga hal bo'lgan. Ikki o'yin natijasiga ko'ra ustunlik "Al Ahli"da bo'lsa ham, bazi sabablarga ko'ra, Saudiya Arabistoni futbol federaciyasi OFKga xat yo'llab, mamlakat jamoasining turnirda qatnashmasligini malum qildi va uzr so'radi, bunga turnirga mezbonlik qilish huquqi bilan bog'liq muammolar ham sabablar bo'lgan.  Keyinchalik klub bir yilga OFK turnirlaridan chetlatildi.

VIDEO

"Navbahor" esa arablar o'rniga yarim finalga yo'l oldi. Hal qiluvchi bosqich Tailandda o'tkazilgan. 

SHuningdek, "Al Ittihod" "Al Zavra"ga ikki bahsda 1:2 hisobida yutqazgan. SHarqiy mintaqadan esa Yaponiyaning "SHimizu" va Tailandning "Bangkok" klublari yarim finalga yo'l olgan.

Bir o'yindan iborat yarim finalda "Navbahor" Iroqning "Al Zavra" klubi bilan bellashgan. Uchrashuvning 36-daqiqasida SHerzod Nazarov namanganliklarni hisobda oldinga olib chiqqan. Ahmad Sabi 45-daqiqada muvozanatni tiklagan. O'yinning asosiy vaqti durang bilan yakunlangan. 102-daqiqada esa iroqliklar g'alaba to'pini kiritishgan. 


Ikkinchi to'qnashuvda "SHimizu" penaltilar seriyasida "Bangkok"ni mag'lub etdi.

Uchinchi o'rin uchun bellashuvda "lochinlar" Tailandning "Bangkok" klubiga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Namanganliklar safida yagona golni SHuhrat Mirxoldirshoev urgan.

Finalda "SHimizu" "Al Zavra"ni 1:0 hisobida mag'lub etib, musobaqa g'olibiga aylandi.



Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика