So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  1 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  10 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

“Nasaf”ni kuppa-kunduzi echintirib ketishdi. Muammo nimada? Yangiliklar

“Nasaf”ni kuppa-kunduzi echintirib ketishdi. Muammo nimada?

Teglar :  PaxtakorNasaf
“Paxtakor” SHerzod Azamov va Eldor Suyunov uchun “Nasaf”ga 1 milliard so'm o'tkazib bergani haqida eshitib, juda quvonganman.

Xuddi pul o'zimning hisob raqamimga kelib tushgandek. Gap aynan qaysidir klub haqida emas, O'zbekistonning istalgan klubi hisob raqamiga pul tushishi bu zo'r narsa. CHunki o'zbek futboli eng oqsayotgan jihat ham aslida shu.

CHunki bu umuman boshqacha amalga oshishi mumkin edi. Aytaylik, “Paxtakor” futbolchilarni hafa qilmasdi, ularning sharoiti “Nasaf”dagidan yaxshi bo'ladi. Demak, bir tomon rozi. O'z navbatida Toshkent klubining o'zi sovchi bo'lib keldimi, to'layotgan pulini rozi bo'lib beradi. Demak, ikkinchi tomon ham rozi. Mana shunday paytda uchinchi tomon faqatgina “Nasaf” qolishi kerak. Biroq, O'zbekiston futbolidagi boshqa tarafni ham unatmaslik kerak. Aytaylik, “Nasaf” murabbiyi yoki rahbari “Paxtakor”ning oldiga dangal shart qo'yadi: 200 million klubga to'laysan, 800 million qo'limizga berasan, tamom. Nima demoqchi bo'lganimni tushundingiz-a?


Ro'ziqul Berdiev esa klubga qancha kelib tushgani haqida dangal gapirdi. “Paxtakor” bank orqali pul o'tkazdi, “Nasaf” uni qabul qilib oldi. Bu chiroyli ish. Suyunov va Azamovning yana yarim yillik xizmati evaziga 1 milliard olgan “Nasaf” ham to'ppisini tepaga otsa arziydi.

Endi esa maqolaning boshqa qismi ham bor. “Paxtakor” yangi yil kirib kelmasdan turib “Nasaf”ning yana 4 etakchi futbolchisi bilan 2 yillik shartnomalar tuzdi. Bu normal holat. O'sha futbolchilar birinchidan poytaxtda bo'ladi, ikkinchisidan super klub bilan bo'lishga intilayotgan jamoa bilan hamkorlik qiladi. Uchinchidan, sharoitlarini ancha yaxshilab oladi. Biroq masalaning boshqa tomoni ham bor — “Nasaf”.

O'ylab ko'ring, “Manchester Yunayted” Antonio Valensiya, Eshli Yang, Xuan Mata va Ander Errerani uch kun ichida “CHelsi”ga shunday berib yuborgan bo'larmidi? Hech qachon! Bu dahshatli holat. Va shunday holat bizda oddiy ko'rinadi. Nima demoqchiman, futbolchilar yayraydi, ko'p narsa yutadi. Biroq klub ikki qo'lini burniga tiqib qolib ketaveradi. SHunisi chatoq.

Agar “Paxtakor” shu to'rt futbolchiga ham 1—1,5 milliard bersa-ku, “Nasaf”ning kuniga yarardi. Lekin nega bersin, agar o'sha futbolchilar erkin agent maqomida bo'lsa? Ro'ziqul Berdiev chempionlik uchun o'ynashni bilmaydi, deb tanqid qiladiganlar, masalaning shu tomoniga ham qarashi shart. Birinchidan, Berdievda hech qachon kuchli zaxira bo'lmadi, balki, yaxshi 11 talik bo'ldi. Kimdir jarohat olsa yoki boshqa sabab bilan safdan chiqsa, Qarshi klubiga oson bo'lmasdi. Ikkinchidan, Berdievda 3—4 yillik rejalar tuzishning imkoni bo'lmadi. Har safar mavsum tugaganidan keyin u rahbariyatning qo'liga qarashga majbur edi, futbolchilarni saqlab qola olisharmikin deb. Vaqti keldi, saqlab qolishning imkoni bo'lmadi. Yaqindagina “Paxtakor” darvozasiga 4 ta gol urgan tarkibni talab ketishdi.


To'g'ri, Angliyada “Tottenhem”ni ham shunday talashadi, dersiz. Modrich chiqadi — ketadi. Beyl chiqadi — ketadi. Uolker chiqadi — ketadi va hokazo. Biroq tanganing orqa tarafi ham bor, London klubi buning uchun mo'may pullarni ham saralab oladi. Pochettino esa o'sha pullarni yangi iqtidorlarni etishtirish uchun sarflaydi.

Ko'tarma pullar, 1 yillik shartnomalar masalasi bizni shunga olib kelaveradi. Futbolchilar har safar yutdi, jamoalar esa qolib ketaverdi. Bunda futbolchilarni ayblamoqchi emasman. CHunki ularda ham boshqa variant qolmadi. “Bunyodkor” yoki “Paxtakor”ga o'xshab qo'rqmay 2—3 yillik shartnoma va yaxshi pul taklif qiladiganlar yo'q edi. Viloyatning qaysidir klubi bilan 3 yillik shartnomaga imzo chekish — ahmoqlik. Bir yildan keyin klubdagi ahvolning oyog'i osmondan bo'lib ketsa, futbolchi gadoyga aylanadi, mehnat qilib topgan pulini so'rayverib, charchab ketadi.

Biz birinchi navbatda futbolchi va murabbiylar huquqini himoya qiladigan uyushmaga asos solishimiz shart. Keyingi qadam esa yanada jiddiyroq bo'ladi. Misol uchun olganda, Odil Ahmedov va Sardor Rashidov uchun klublariga 1 so'm tushirib, orqadan o'zi 5 so'm sanab oladigan odamlarga qarshi jiddiy kurashish kerak. Bunaqalar o'zbek futbolida ko'p deb ishonaman.

Hozircha esa “Paxtakor” va “Nasaf” hammasini to'g'ri qildi. SHunchaki tepada sanab o'tilgan holatlarni deb, “Nasaf” bir chetda qarab qolaverdi. 30 yanvar kuni u ham OCHLda maydonga tushishi kerak. Endi Berdiev umuman boshqa tarkib shakllantirishga majbur. Xudo ko'rsatmasin, yutqazib qo'ysa, murabbiy va rahbariyatni ayblaydigan minglab odamlar albatta topiladi. SHunisi chatoq.


Muallif :
Reyting: +111   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика