"Nasaf"ni 2 nafar asosiy futbolchisi tark etdi
11 dek 2019 16:41
Yangiliklar


"Nasaf"ni 2 nafar asosiy futbolchisi tark etdi
Superliga-2019 mavsumida qarshiliklar tarkibida harakat qilgan yarim himoyachi Sardor Abduraimov hamda hujumchi Humoyun Murtazoev jamoadan ketdi.
O'tgan mavsumda «Nasaf»da 1 yillik ijara muddati asosida to'p tepgan futbolchilarning transfer huquqi yangi mavsumdan etiboran Superligaga qaytgan «Mashal»ga tegishli. SHu bois muborakliklar Abduraimov va Murtazoevni ortga qaytardi.
Bu ikki futbolchi «Mashal» akademiyasi tarbiyalanuvchilari hisoblanadi. Agarda «Nasaf» bu ikki futbolchini kelasi mavsum ham o'z safida ko'rishni istasa, unda futbolchilarning transfer huquqini sotib olishiga to'g'ri keladi. «Mashal» esa Superligada mazkur futbolchilar xizmatidan foydalanmoqchi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar