"Nasaf" Turkiyada Bosniya va Gercegovina kubogi sohibi bilan o'ynaydi
04 fev 2022 13:40
Yangiliklar
"Nasaf" Turkiyada Bosniya va Gercegovina kubogi sohibi bilan o'ynaydi
Qarshining "Nasaf" klubi 3 fevral kuni ilk xorijiy yig'inni o'tkazish uchun Turkiyaga uchib ketgandi.
Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi jamoa mazkur yig'inda bir qator nazorat sinov uchrashuvlarini o'tkazadi.
Championat.asia sayti ulardan uchtasini aniqladi. "Nasaf" Turkiyadagi ilk nazorat o'yinini Gruziya kubogi g'olibi — "Saburtalo" jamoasiga qarshi o'tkazadi. O'yin bugun Toshkent vaqti bilan soat 18:30da boshlanadi.
8 fevral kuni "ajdarlar" Rossiyaning "Volgar" klubi bilan o'ynashsa, 11 fervalda Bosniya va Gercegovinaning "Saraevo" klubiga qarshi maydonga tushadi. Malumot uchun, "Saraevo" o'tgan mavsum o'z mamlakatida vice-chempion bo'lgan va kubok sohibiga aylangan.
Fikrlar