"Barselona" de Yong bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar olib bormoqda
20 sen 2025 11:35
Yangiliklar
"Barselona" de Yong bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar olib bormoqda
"Barselona" sport direktori Deku yarim himoyachi Frenki de Yong bilan shartnomani uzaytirishga umid qilmoqda.
"Biz Frenki bilan muzokaralar olib boryapmiz. Ishonchim komilki, biz kelishuvga erishamiz. U biz uchun muhim o'yinchi. Menimcha, u "Barselona"da baxtli va biz ham undan mamnunmiz. Shunday ekan, hech qanday muammo bo'lmaydi, deb o'ylayman", - dedi Deku.
28 yoshli niderlandiyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo'ljallangan. Futbolchi bu mavsumda barcha turnirlarda 3 ta o'yinda maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar