“Nasaf” qatorasiga beshinchi bor kubok yarim finalida o'ynaydi
12 avg 2015 13:03
Yangiliklar
“Nasaf” qatorasiga beshinchi bor kubok yarim finalida o'ynaydi
Bu bilan “Nasaf” ketma-ket beshinchi O'zbekiston kubogi yarim finalida ishtirok etadi. 2011 yili “Nasaf” yarim finalda “Bunyodkor”ni, 2012 yil “Buxoro”ni, 2013 yil “Paxtakor”ni mag'lub etib, finalga yo'l olgan edi. O'tgan yili ham qarshilik futbolchilar kubok yarim finalida ishtirok etib, ikki o'yin natijasiga ko'ra “Bunyodkor”(0:1, 1:1) finalga yo'l olgandi. Bu yil “Nasaf” kubok yarim finalida ilk marta “Lokomotiv” bilan to'qnash keladi. Bu ikki jamoa ilgari mamlakat kubogining ushbu bosqichida o'zaro kuch sinashishmagan.
“Nasaf” yarim finalga qadar birinchi liga vakillari “Oqtepa” va “Paxtakor-2” jamoalarini taslim etgan bo'lsa, temiryo'lchilari nimchorak finalda “Navbahor”, chorak finalda “Metallurg”ni mag'lub etishning uddasidan chiqishdi.
Eslatib o'tamiz, “Nasaf” – “Lokomotiv” bahsi 12 avgust kuni soat 19:30 da “Markaziy” stadionda boshlanadi. Soat 22:10 dan boshlab o'yin videoyozuvi “Sport” telekanali orqali efirga uzatiladi.
Fikrlar